10 Iyul 2026

1-toifali telegrafchi

“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahar

Telegraf kommutatsiya stansiyasini ekspluatatsiya qilish uchastkasi Telegraf aloqalari sexi

 

Lavozim majburiyatlari:

- PEHM va telegraf apparatlarida barcha ko‘rinish va toifadagi telegrammalarga ishlov berishni amalga oshiradi.

Biriktirilgan XKS ish joylarida telegrammalarga o‘z vaqtida ishlov berishni ta’minlaydi.

- Telegraf apparatlarida (perfolentani qaytarish mexanik tugmasi funksiyasini ishlatgan holda) telegrammalarni perfolashni va perfolangan lentani o‘qilishini amalga oshiradi.

- XKS ish joylarida telegrammalarga ishlov berish sifatini inobatga oladi va nazorat qiladi, yaroqsizlik (shikoyat)larning kelib chiqish sabablarini aniqlaydi.

- Umumfoydalanish telegraf tarmog‘idagi marshrut indekslari ro‘yxatidan foydalangan holda, jo‘natuvchilardan telegrammalarni qabul qilinishini amalga oshiradi.

- AT tarmog‘i orqali telegrammalarni qabul qilishni va uzatishni amalga oshiradi.

- Telegraf xizmatlarini telefon orqali ko‘rsatish qoidalariga amal qilgan holda, xonadon-uchastka abonentlaridan muassasalar, tashkilotlar uchun telefon orqali telegrammalarni qabul qilinishini va uzatilishini olib boradi.

- Chekka punktda telegraf uskunalarining nosozligi yoki telegraf aloqasi ishdan chiqqan holatlarida, AT abonentlari uchun telefon orqali telegrammalarni qabul qilishni va uzatilishini ta’minlaydi.

- Telegrammalarni indekslash, ish joyiga kelib tushuvchi indekslanmangan telegrammalarga ishlov berilishini amalga oshiradi.

- Xalqaro telegrammalar, sxemali telegrammalar va kriptogrammalarni qabul qilinishini va ularga ishlov berilishini olib boradi.

- Navbatdan tashqari, toifadan tashqari va o‘ta muhim telegrammalarni qabul qilinishini va ularga ishlov berilishini amalga oshiradi.

 - “Oliy hukumat” va “Hukumat” telegrammalarining qabul qilinishini va ularga ishlov berilishini amalga oshiradi.

- Arxiv va jurnal ma’lumotlariga murojaat qiladi, xabarlarga ishlov berish ish joyi va XKS arxividan axborotni chiqaradi va keyinchalik ularga ishlov beradi.

- Xabarlar kommutatsiyasi markazlari va qo‘shni bog‘lamalar, abonentlar, chekka punktlar bilan ma’lumotnoma axborotlari almashinuvi va xizmat yozishmalarini olib boradi.

- Xizmat so‘rov telegrammalari formatiga amal qilgan holda, XKSda avtomatik nazorat-ma’lumotli xizmatiga ma’lumot so‘rovlarini amalga oshiradi.

- Telegraf hisoboti hujjatlariga ko‘rsatilgan telegraf xizmatlariga doir qaydlarni sifatli va o‘z vaqtida bajaradi.

- Navbatchilik paytida signallar berish va monitoring vositalaridan foydalangan holda XKS va kanallar kommutatsiya stansiyasi uskunalari ishlashini tezkor nazoratini amalga oshiradi.

- O‘z kasbiy darajasini oshiradi, xavfsizlik texnikasiga oid yo‘l-yo‘riqlardan o‘tadi, fuqaro muhofazasining tegishli tayyorgarliklaridan o‘tadi va fuqaro muhofazasiga taalluqli tadbirlarni bajarishda ishtirok etadi.

Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:

- Ish stajiga talablar qо‘yilmagan holda oʻrta maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega mutaxassis tayinlanadi.

- Telegrammalarga ishlov berish tartiblariga oid telegraf qoidalari, yo‘riqnomalari, ko‘rsatmalarini;

- Ish joyida o‘rnatilgan chekka telegraf uskunalarining ekspluatatsiyasiga doir yo‘riqnomalarni;

- PEHM va telegraf apparatlarida ishlashning asosiy qoidalarini;

- Xabarlar kommutatsiya stansiyasi, abonentni telegraflash va lentani  uzish bilan avtomatik telegraflash, aloqa tizimlarining ishlash tarzi va unda ishlash tartibini;

- Telegraf aloqasi xizmatlarining tariflarini;

- Telegrammalarga ularning barcha o‘tish bosqichlaridagi ishlov berilishining tartibi va nazorat muddatlarini;

- “Aloqa” telegraf kodi va xalqaro xizmat kodlaridan foydalanish tartiblarini;

- O‘zbek tilining imlosini va kirill alifbosi harflarining lotin harflarida yozilishini;

- Telegrammalarni yo‘naltirish va marshrutlash sxemalarini;

- Mamlakatlar nomlarining rus va fransuz tillarida yozilishini;

- O‘zbekiston Respublikasi va MDH mamlakatlarining ma’muriy-hududiy bo‘linganligini;

- Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari va me’yorlarini.

- Sifat sohasidagi siyosat va maqsadlarni.

- Shaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni bilish va ulardan toʻgʻri foydalanish;

- 1-toifali telegrafchi MS Office dаsturiy tа’minоti (Word, Excel, PowerPoint)da malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

- Rus tilini bilishi maqsadga muvofiq.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.

- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 08:00 dan 17:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda     ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ;  71 238-14-33.

Hujjatlar 2026-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 11-avgust kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 2-sentabrgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026 2-sentabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 3-sentabr kuni o‘tkaziladi.