21 May 2026

Elektromexanik (audio va video)

“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahri

Audio va video selektor yig‘ilishlar sektori

 

Lavozim majburiyatlari:

- Audio va videokonferensaloqa uskunalarining texnik ish faoliyatini uzluksiz va yuqori sifatli ishlashni ta’minlash uchun tarmoq normativ hujjatlarida belgilangan talablari va tavsiyalariga muvofiq ravishda ishlashini tashkil qiladi. 

- Kompaniya va Filial topshiriqlari asosida rejalashtirilgan va rejadan tashqari audio va videokonferensaloqa xizmatlarini koʻrsatadi.

- Audio va videokonferensaloqa seanslaridan avval oʻrnatilgan tartibda texnik tekshiruvlarni oʻtkazadi.

- Oʻz vaqtida va yuqori sifatda audio va videokonferensaloqa seanslarini oʻtkazadi.

- Texnik loyihalarni koʻrib chiqishda, yangi va mavjud audio va videokonferensaloqa tizimlarini loyihalash va rekonstruktsiya qilish uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

- Audio va videokonferensaloqa uskunalari sifati ko‘rsatkichlarini hisobga oladi va tahlil qiladi, telekommunikatsiya uskunalari va kanallarining beqaror ishlashining sabablarini aniqlaydi. Murakkab shikastlanishlar va avariyalar ularni bartaraf etishda ishtirok etadi, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf qilishning imkoni bo‘lmaganda Sektor boshligiga og‘zaki yoki elektron shaklda ma’lumot beradi.

- Kompaniya va Filial topshiriqlari asosida audio va videokonferensaloqa seanslari uchun tashkil qilinadigan koʻchma studiyalarni texnik tekshirishda ishtirok etadi.

- Audio va videokonferensaloqa uskunalari va dasturiy ta’minotining ishlashini nazorat qiladi.

- Audio va videokonferensaloqa tizimlaridan texnik foydalanish boʻyicha amaldagi qoʻllanmalar va normativ hujjatlar talablarini bajaradi.

- Biriktirilgan qurilmalarda oʻz vaqtida tarmoq normativ hujjatlarida belgilangan talablari va tavsiyalariga muvofiq ravishda profilaktika ishlarini olib boradi.

- Doimiy ravishda oʻz bilim va ishbilarmonlik koʻnikmalarini oshiradi.

- Sektorning hisobot ma’lumotlarining yuritilishini oʻz vaqtida va ishonchliligini ta’minlaydi.

- Ish yuzasidan telefon orqali muloqotni xizmat telefon raqamlaridan hamda Kompaniya tomonidan taqdim etilgan xizmat mobil aloqa raqamlaridan foydalangan holda amalga oshiradi.    

 

Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:

Ish stajigatalablar qо‘yilmagan holda oʻrta maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega mutaxassis tayinlanadi.

- Sektorda uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish tartibi, ta’mirlash va sozlash ishlarini bajarish usullarining xususiyatlari, mahkamlangan uskunadagi zararni aniqlash va tuzatish;

- Texnologik normalar, qoidalar, ko‘rsatmalar, xizmat ko‘rsatiladigan uskunalar, kanallar va uzatish traktlarining texnik ekspluatatsiyasi usullari;

- Parametrlarni o‘lchash va mahkamlangan uskunalarni sozlash usullari;

- Sinov, tekshirish va o‘lchash asboblarining ishlash xususiyatlari;

- Ishlab chiqarish hujjatlarini yuritish va rasmiylashtirish tartibini;

- Sifat doirasidagi siyosat va maqsadlarni.

- Rus tilini bilishi maqsadga muvofiq.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.

- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 08:00 dan 17:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ;  71 238-14-33.

Hujjatlar 2026 23 iyungacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 24 iyun kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 22-iyulgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026 22 iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 23 iyul kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 2-sentabrgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026 2-sentabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 3-sentabr kuni o‘tkaziladi.