03 Avgust 2026

Elektromexanik (telegraf)

“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahar

Telegraf kanallarini ekspluatatsiya qilish uchastkasi Telegraf aloqalari sexi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Telegraf uskunalari, kanallari va aloqalarining sifatli, ishonchli ishlashlini ta’minlaydi, biriktirilgan uskunalarda hamma turdagi rejali-profilaktika ishlarini o‘tkazadi.

-  Xizmat farmoyishlariga binoan telegraf tizimlari, kanallari, aloqalari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish simlarini ulash va uzishlarga doir krosslash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlaydi.

- Uskunalar, kanallar va aloqalarning rostlanishlarini, ularning parametrlari o‘lchanishini joylarga borib o‘tkazadi va texnik ko‘riklarni amalga oshiradi. Ijaradagi telegraf uskunalarning montaj va demontaj ishlarini bajaradi.

Aloqalarning tiklanishiga amal qilinishini, kanallar va aloqalarning davomiy ishlamasligi holatlarida, zahira va chetlab o‘tish yo‘nalishlarini taqdim etilishini o‘z vaqtida ta’minlaydi.

-  Qurilma va uskunalarning liniyadagi sinalishlarida va sinovli ekspluatasiyasida, sinovdan o‘tgan yangi texnikalarni qo‘llashda, yangi apparaturalar yo‘riqnomalarini ishlab chiqilishi va uskunalarni modernizasiya qilinishida ishtirok etadi.

- Elektromexanik va elektron telegraf apparatlari hamda chekka uskunalarini ekspluatatsiyaga tayyorlaydi, element va bloklarida, alohida qurilmalar va bo‘laklarida rostlashlarni amalga oshiradi.

- Avariyalar, fizik zanjirlar, uskunalar va aloqa yo‘nalishlarining davomiy ishlamasligi, uchastka xodimlari tomonidan texnik ekspluatasiya qoidalariga amal qilinmasligi yoki biriktirilgan uskunalarda nosozliklar paydo bo‘lganda, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va ishlab chiqarish intizomining qo‘pol buzilishi holatlarida uchastka boshlig‘iga o‘z vaqtida bayonot beradi.

- Xavfsizlik texnikasi, mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishlarini  shuningdek, avariyalar va uchastka uskunalarining davomiy ishlamasligi holatlarini o‘z vaqtida bartaraf qiladi.

 - O‘z kasbiy darajasini oshiradi, xavfsizlik texnikasiga oid yo‘l-yo‘riqlardan o‘tadi, umumiy va individual himoya vositalaridan foydalanishga doir o‘qishdan o‘tadi, baxtsiz hodisa yuz berganda birinchi tez yordam ko‘rsatish qoidalari va amaliy ko‘nikmalari, fuqaro muhofazasining tegishli tayyorgarliklaridan o‘tadi va fuqaro muhofazasiga taalluqli tadbirlarni bajarishda qatnashadi, fuqaro muhofazasining signallarini o‘rganadi.

Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:

– Ish stajiga talablar qо‘yilmagan holda oʻrta maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega mutaxassis tayinlanadi.

- bo‘linmada uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish tartibi, ta’mirlash va sozlash ishlarini bajarish usullarining xususiyatlari, mahkamlangan uskunadagi zararni aniqlash va tuzatishni;

- texnologik normalari, qoidalar, ko‘rsatmalar, xizmat ko‘rsatiladigan uskunalar, kanallar va uzatish traktlarining texnik ekspluatatsiyasi usullari; uskunalar, kanallar va uzatish traktlarini hisobga olish va sertifikatlash bo‘yicha asosiy qoidalar va ko‘rsatmalarni;

- parametrlarni o‘lchash va mahkamlangan uskunalarni sozlash usullarini;

- sinov, tekshirish va o‘lchash asboblarining ishlash xususiyatlarini;

- ishlab chiqarish hujjatlarini yuritish va rasmiylashtirish tartibini.

- Rus tilini bilishi maqsadga muvofiq.

 

Ish sharoitlari:

– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

– Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.

– Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 08:00 dan 17:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

– Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

– Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

– Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ;  71 238-14-33.

Hujjatlar 2026-yil 3-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 4-sentabr kuni o‘tkaziladi.