10 Avgust 2026

Oliy toifali muhandis (Mobil tarmoq tahlili va benchmarking)

“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahar

Tarmoqni optimallashtirish va tahlil qilish xizmati. Mobil tarmoq tahlili va benchmarking sektori

 

Lavozim majburiyatlari:

  Radio tarmog‘i parametrlarining loyiha hujjatlariga (RF Plan) muvofiqligini tekshirish, jumladan antenna azimuti, mexanik va elektr qiyalik burchaklari (tilt), uzatish quvvati hamda uskunalar konfiguratsiyasini tahlil qilish.

– Radio tarmog‘i KPI ko‘rsatkichlari yomonlashuvining sabablarini aniqlash hamda ularni yaxshilash bo‘yicha texnik tavsiyalar ishlab chiqish.

– Radio tarmog‘idagi yashirin muammolarni aniqlash maqsadida UE Trace, MDT va uskunalar loglarini tahlil qilish.

– Drive Test natijalarini OSS tizimlari ma’lumotlari, unumdorlik hisoblagichlari (Performance Counters) va KPI statistikasi bilan korrelyatsion tahlil qilish.

– Radio qamrovi, signal sifati va xizmatlar sifatini baholash uchun kompleks o‘lchovlarni amalga oshirish (RSRP, RSRQ, SINR, Ec/Io, throughput, latency, MOS va boshqalar).

– Maxsus dasturiy ta’minotlar (Nemo Analyzer va boshqalar) yordamida drive test natijasida olingan katta hajmdagi ma’lumotlarni post-qayta ishlash, tahlil qilish va izohlash.

– Qamrovni tahlil qilish, signal darajasi past bo‘lgan hududlarni, pilot ifloslanishi (Pilot Pollution), interferensiya, «oq dog‘lar» (White Spots) va mobillik muammolarini (handover, cell reselection) aniqlash.

– Benchmark-testlarni o‘tkazish (taqqoslama tahlil), ya’ni o‘z mobil tarmog‘i sifatini raqobatchilar tarmoqlari bilan solishtirish.

– Optimallashtirish, modernizatsiya, yangi uskunalarni o‘rnatish yoki yangi texnologiyalarni (5G NSA, Massive MIMO va boshqalar) ishga tushirishdan keyin radio tarmoqdagi o‘zgarishlarni tekshirish va tasdiqlash.

– Radio tarmoq parametrlarining ovozli aloqa xizmatlari (CS, VoLTE) va ma’lumot uzatish xizmatlari sifatiga ta’sirini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ulanish imkoniyati, ulanishni saqlab qolish va xizmatlar yaxlitligi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash.

– Dala o‘lchovlari natijalari asosida batafsil texnik hisobotlar, qamrov xaritalari, tahliliy materiallar va radio tarmoqni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.

– Drive test va walk test o‘tkazish metodikalarini, o‘lchov standartlarini va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda yangilab borish.

– Quyi toifadagi muhandislar va pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan drive test ishlarining sifatini nazorat qilish.

– Yangi aloqa obyektlari, klasterlar va tarmoq uchastkalarini foydalanishga qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish.

– Sifat masalalarini tezkor hal qilish uchun radio tarmoqni optimallashtirish, ekspluatatsiya va rejalashtirish xizmatlari bilan hamkorlik qilish.

– Abonentlar murojaatlarini tahlil qilish va «muammoli nuqtalar» (hot spot) bo‘yicha maqsadli o‘lchovlarni amalga oshirish.

– GSM/UMTS/LTE mobil tarmoqlarida sifat ko‘rsatkichlarini (KPI) yaxshilash, tarmoq, klaster va foydalanuvchi darajasida tahlillarni amalga oshirish, degradatsiyalar va anomaliyalarni aniqlash.

– Mobil tarmoq ishlashi bo‘yicha tezkor va statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish.

– Texnologik va hisobot hujjatlarini yuritish.

 

Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:

– O‘z mutaxassisligi bo‘yicha texnik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va nosozliklarni bartaraf etish qoidalari;

– Mobil aloqa tarmoqlari asoslari, GSM, UMTS, LTE texnologiyalarining arxitekturasi va tuzilishi;

– Xendover (Handover) jarayonlari bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lish;

– Qamrov parametrlari, signal sifati va Signal/Shovqin nisbatlari (Signal/Noise Ratio) qiymatlarini bilish;

– Radio tarmoqni boshqarish va monitoring tizimlari (iMaster RAN, UME, U2000, PRS va boshqalar) bilan ishlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish, jumladan katta hajmdagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, vizualizatsiya qilish va tahlil qilish;

– Microsoft Office dasturlar paketini yuqori professional darajada ishonchli bilish: Excel dasturida ishlash (jumladan, yig‘ma jadvallar va murakkab formulalar), Word dasturida tuzilgan texnik hisobotlarni tayyorlash, PowerPoint dasturida rahbariyat va texnik qo‘mitalar uchun sifatli taqdimotlar yaratish, shuningdek Outlook dasturida elektron yozishmalar va kalendarni samarali boshqarish;

– Xizmat ko‘rsatilayotgan uskunalarni texnik ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalar;

– Apparatlar, uskunalar va aloqa vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayonlari, aloqa tarmoqlarini tashkil etish va qurish sxemalari;

– Biriktirilgan uskunalarni sozlash va uning parametrlarini o‘lchash usullari;

– Uskunalar va qurilmalarni hisobga olish, shuningdek texnik hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha asosiy qoidalar, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlar.

– Rus va ingliz tillarini bilish ma’qullanadi.

 

Ish sharoitlari:

– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.

- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ;  71 238-14-33.

Hujjatlar 2026-yil 10-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 11-sentabr kuni o‘tkaziladi.