03 Avgust 2026

1-toifali mutaxasis (Abonent shartnomalarini kuzatish)

“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent shahri

Abonent shartnomalarini kuzatish xizmati

Abonent shartnomalarini kuzatish bo‘limi

 

Lavozim majburiyatlari

- Toshkent shahar va hududiy bog‘lamalarning agentlar bilan ishlash xizmati, xududiy sotuv ofislari va korporativ mijozlar bilan ishlash xizmati tomonidan, MSMS dasturida tuzilgan hamda qog‘oz ko‘rinishida telekomunikatsiya xizmatlarini shartnomalarini qabul qiladi va qayta ishlaydi;

- Xizmatlar va qo‘shimcha xizmatlar, telekommunikatsiya, keng polasali internet bo‘yicha abonentlik shartnomalarini tekshirish sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- Xizmatlar va qo‘shimcha xizmatlar, telekommunikatsiya, keng polasali internet bo‘yicha abonentlik shartnomalarni tekshirishni monitoring qiladi;

- Qabul qilingan shartnomalarga muvofiq, (KB) tarmoq papkasida aniqlangan xatolarni belgilaydi;

- MSMS dasturida ilova qilingan hujjatlar mavjudligini tekshiradi, shuningdek ilova qilingan hujjatning abonent ma’lumotlarini muvofiqligini tekshiradi, shuningdek aniqlangan xatolarni (KB) xisobot reestrida qayd etadi;

- MSMS va SBMS dasturlarida agentlik nuqtalarida haftalik hisobot tuzadi, MSMS va SBMS dasturlarida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etadi;

- Notogri royxatga olish yuzasidan hujjatlar toplamini shakllantiradi;

- Abonentlik shartnomasi shartlarini buzganlik uchun jarimalar undirish boyicha 1-shakl dalolatnomani toldiradi va ularni buxgalteriyaga topshiradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

- Oliy ma’lumotga ega mutaxassis;

- MS Office (Word, Excel, PowerPoint), Jira, MSMS va SBMS dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak, ishdа qo‘llаnilаdigаn kompyutеr dаsturlаrini bilishi;

- Yo’nalishga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, me’yoriy hujjatlarni bilishi;

 

Ish sharoitlari:

- Besh kunlik yoki jadval asosida belgilanadigan ish haftasi;

- Ijtimoiy toʻplamlar;

- Bepul mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (71) 100 51 11, (99) 740-88-78)

Hujjatlar 2026-yil 3-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 4-sentabr kuni o‘tkaziladi.