07 Oktabr 2026

Elektromontyor (6-bog'lama)

“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent shahri 

Oltinchi bog‘lama (Yangiobod TB) Energiya ta'minoti va klimatexnika uskunalari guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Elektr ta'minoti va klimatexnika qurilmalarini uzluksiz ishlashini ta'minlaydi;

- har xil turdagi elektr qurilmalari, elektr dvigatellari, generatorlar, to'g'rilagichlar, kommutatsiya qurilmalari, invertorlar, zaryadlovchi-zaryadsizlovchi va katta kuchlanishli shchitlar, havoni shamollatish va konditsiyalash tizimlariga joriy xizmat ko'rsatishda ishtirok etadi;

- elektr ta'minoti va klimatexnika qurilmalarida ta'mirlash va profilaktika ishlarini olib boradi; - elektr tarmoqlari korxonalari va

Subabonentlar bilan shartnoma tuzish ishlarini olib boradi;

- ats, ko'chma kontsentrator, msan, swich qurilmalari va subabonentlarning elektr energiya sarfini hisobga oladi;

- asboblarni alohida belgilari va ko'rsatkichlari bo'yicha uskunaning ishlashida kamchiliklarni aniqlaydi. Elektr uskunalarida nosozliklar aniqlanganda nosozliklarni o'z vaqtida bartaraf etadi;

- elektr chirog'ini ta'mirlash va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlarni bajaradi, jumladan yoritish apparaturasini tozalaydi, barcha turdagi yoritish lampalarini almashtiradi, murakkab bo'lmagan yoritish armaturasini, barcha turdagi o'chirgichlar, shtepsel rozetkalari, devor patronlari va sanoat projektorlarini almashtiradi va ta'mirlaydi, yoritkichlarni almashtiradi va ta'mirlaydi;

- himoya qilish vositalari, ulchash asboblari va ish qurollarini xar doim soz xolatda saqlaydi;

- telekommunikatsiya ob'ektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun qabul qilish hujjatlarini tayyorlaydi;

- avariyani oldini olish va dizel-generator ishlashini yaxshilash tadbirlarini olib boradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- O'rta maxsus kasb-hunar ma'lumotga ega bo'lgan mutaxassis;

- Normativ hujjatlar, yo'riqnomalar va ish yuritish bo'yicha ko'rsatma materiallarini bilish;

- Elektrotexnika asoslarini;

- Texnik hujjatlarni yuritish tartibini;

- Elektr uzatish liniyalariga yaqinlashgan hududlarda ishlarni bajarish qoidalarini bilishi kerak.

 

Ish sharoitlari:

- Olti kunlik ish haftasi;

- Ijtimoiy toʻplamlar;

- Bepul mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 71-1005111, 99-7408878.

Hujjatlar 2026-yil 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 9-noyabr kuni o‘tkaziladi.