01 Iyul 2026

Kabеlchi payvandlovchi (5-bog'lama)

“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent shahar

Beshinchi bog‘lama (Shayxontohur TB)

Telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish va ta’mirlash guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Kabel inshootlari, OTJ, splitterlari profilaktik xizmat ko‘rsatishni amalga bajaradi.

- Har hil xajmdagi va murakkablikdagi shahar telefon kabellarini qo‘lda va mexanizatsiyalashgan usul bilan yotqizadi va montaj qiladi.  Taqsimlash boksi va kabel oxirlovchi qurilmalarni tarqatish javonlarida montaj qiladi.

- Aloqa uzilmagan holda kabel nosozliklarining barcha turlarini bartaraf etadi;

- Shahar kabellarining barcha tuzilmalariga, shu jumladan optik tolali kabellarga ekspluatatsion-texnik xizmat ko‘rsatadi;

- Kabellarning nogermetik qobig‘i joylarini aniqlid;

- Avariya va kabel o‘g‘irlash hollarida alokani tikllash uchun ishlarni amalga oshiradi;

- Inshootlar ekspluatatsiyasida qo‘llanadigan kichik mexanizatsiyalarning asboblari, vositalarini ta’mirlashni biladi;

- Kabel inshootlarini ekspluatatsiyasiga qabul qilishda ishtirok etadi;

- Kabellarda o‘lchash ishlarini bajarish;

- Barcha turdagi mufta va qo‘lqoplar, shuningdek qo‘rg‘oshinlangan kabel uchlari kavsharlash va payvandlash;

- Har xil turdagi optik tolali kabellar, optik muftalar, optik patch panellar (ODF), splitterlarni o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga bajaradi;

- Doimiy ravishda (har soatda kamida bir marotaba) “GeoWFM” mobil ilovasiga kirib, geopozitsiya orqali joylashuv haqidagi ma’lumotlarni kross xodimiga yuboradi, buyurtmalarni qabul qiladi va ushbu mobil ilovasiga bajarilgan ishlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritib boradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

- O‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis;

- Hudud telefon tarmog‘i tuzilishi prinsiplarini;

- Normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatma materiallarini bilish;

- optik tolali kabellarni o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarini;

 

Ish sharoitlari:

- Olti kunlik ish haftasi;

- Ijtimoiy toʻplamlar;

- Bepul mobil aloqa.

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (71) 100 51 11, (99) 740-88-78).

Hujjatlar 2026-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 3-avgust kuni o‘tkaziladi.