Yetakchi muhandis (avg)
“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent shahri
Fuqaro muxofazasi va rejim xizmati
Safarbarlik ishlari va fuqaro muxofazasi bo‘limi
Lavozim majburiyatlari
- Favqulodda vaziyatlar sharoitida telekommunikatsiya inshootlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni rejalashtirish va tegishli xizmat, bo‘limlar tomonidan bajarishini nazorat qilish;
- Filialining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish harakatlari bo‘yicha, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasida keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlar davrida ishchi-xodimlarni va moddiy boyliklarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha rahbarning qaror va buyruqlarini ishlab chiqish;
- Filial ob’ektlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida yuqori tashkilotlar, Toshkent shahar hokimligi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tuman hokimliklari va favqulodda vaziyatlar bo‘limlari bilan axborot (ma’lumot) almashish;
- Xabar berish va ma’lumot (axborot) yеtkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish maqsadida texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqish hamda joriy etish ishlarini nazorat qilish;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqarmasi va bo‘limlari hamda hokimliklar tomonidan rejali va tezkor o‘tkaziladigan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlariga va filial tomonidan o‘tkaziladigan Maxsus-taktik o‘quv mashqlariga hamda saf ko‘riklariga tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, mazkur o‘quv mashqlarga rahbarlarni va xodimlarni ishtirokini ta’minlash;
- Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari mobaynida o‘quv mashq shtabi va o‘quv nuqtalarida tegishli xizmat va bo‘limlarni internet va telefon aloqasi bilan ta’minlashni nazorat qilish;
- Favqulodda vaziyatlarni va aloqa tarmoqlaridagi yirik avariyalarga jalb etiladigan filial xizmat, bo‘lim boshliqlarini va tegishli bog‘lama rahbariyati takibida shtab ishlarini muvofiqlashtirish;
- Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “O‘zbektelekom” AK Safarbarlik ishlari va fuqaro muxofazasi bo‘limi tomonidan Filialni va bog‘lamalarida Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatini va Fuqaro muhofazasi muhandislik-himoya inshootlarining holatlarini kompleks tekshiruvdan o‘tkazishga ob’ektlarni va hujjatlarni taqdim etish.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka
- Oliy ma’lumotga (Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida kamida 5 yillik mehnat stajiga) ega bo‘lgan mutaxassis;
- Normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatma materiallarini bilish;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish;
- Fuqaro muxofazasi soxasida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
- Power point va Corel drive dasturlarida ishlay olishi;
- O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish.
Ish sharoitlari:
- Besh kunlik ish haftasi;
- Ijtimoiy toʻplamlar;
- Bepul mobil aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Tel: (71) 100 51 11, (99) 740-88-78.
Hujjatlar 2026-yil 19-sentabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 21-sentabr kuni o‘tkaziladi.