16 Sentabr 2026

Yetakchi muhandis (Energiya ta’minoti va klimatexnika)

“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent shahar

Energiya ta’minoti va klimatexnika uskunalarini ekspluatatsiya qilish xizmati

 

Lavozim majburiyatlari

- Yangi baza stansiyalarda o‘rnatilishi belgilangan transformator nimstansiyalarini o‘rnatish va ularni elektr tarmog`iga ulanishi bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan tegishli shartnomalarni tuzadi;

- Shartnomalarga ilova qilinadigan smeta hujjatlari hisob-kitoblarini ish hajmi va ShNK normalari bo‘yicha tekshirib chiqish hamda mazkur shartnomalar bo‘yicha ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazoratga oladi;

- Bajarilgan ishlar bo‘yicha dalolatnomalarni (Forma 2) hajm va ShNK normalari bo‘yicha tekshirib chiqish va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;

- Shartnoma shartlari bo‘yicha to‘lovlarni pudratchilarga to‘lab berilishini nazoratga oladi;

- Yangi baza stansiyalarini o‘rnatish uchun tanlanayotgan joylarni elektr tarmoqlariga ulanishi muhitini ko‘rib chiqish va nazoratga oladi;

- Hududiy bog‘lamalardagi poisk pozitsiyalariga chiquvchi energetik xodimlar bilan hamkorlikda ish yuritadi;

- Klimatexnika sohasida yaratilgan yangi tejamkor, xavfsiz va ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan qurilmalarni tizimga tadbiq etadi;

- Klimatexnika qurilmalarini xarid qilish, qabul qilish, bog‘lamalarga tarqatish va obyektlarga o‘rnatilishiga doir barcha hisobotlarni belgilangan tartibda yuritish, o‘z vaqtida tayorlash va rahbariyatga o‘z vaqtida taqdim qiladi.

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

- Oliy texnik ma’lumot va yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassis;

- Normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatma materiallarini bilish;

- Elektrotexnika asoslarini;

- Texnik hujjatlarni yuritish tartibini;

- Elektr uzatish liniyalariga yaqinlashgan hududlarda ishlarni bajarish qoidalarini bilishi kerak.

Ish sharoitlari:

- Olti kunlik ish haftasi;

- Ijtimoiy toʻplamlar;

- Bepul mobil aloqa.

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (71) 100 51 11, (99) 740-88-78)

Hujjatlar 2026-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 16-oktabr kuni o‘tkaziladi.