Elektromexanik (6-bog‘lama)
“O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali Xorazm viloyati
Oltinchi bog‘lama (Urganch sh., Urganch t., Xiva) Urganch sh. uchastkasi Stansiya inshootlari guruhi
Lavozim majburiyatlari
- MSAN, OLT va boshqa telekommunikatsiya qurilmalarining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlaydi va ko‘rsatmalariga muvofiq markaziy ATSda turgan (MSAN, OLT va boshqa) qurilmalarini profilaktika qiladi;
- Avtomatik ta’mirlash byurosi (ARB) BS, yuqori turuvchi organlarning portal va saytlari orqali kelib tushgan abonent qurilmalarining qoniqarsiz ishlashi to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi, xarakterini aniqlaydi;
- UTR tizimida mijozlarning texnik ma’lumotlarini qo‘shadi, o‘zgartiradi;
- Gis-app dasturining hisobotidagi kabelniy sex, DZ hamda GeoWFM orqali yopilgan nosozliklarni xisobotini olib borish, analiz qilish va belgilangan meyordan oshmasligini tahlil qilib kunlik SIG yetakchi muxandisiga ma’lumot berib boradi;
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka
- o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumot;
- Hudud telefon tarmog‘i tuzilishining prinsiplarini;
- Elektrotexnika asoslarini;
- Keng polosali yo‘nalishning oxirgi uskunalaridan foydalanish va montaj qilish qoidalarini;
- Texnik hujjatlarni yuritish tartibini;
- MS Office (Word, Excel, PowerPoint) hamda KTP, GeoUTR, SBMS dasturiy ta’minotlarida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi,
- Mobil aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, g.jiemuratova@shimoliy.uztelecom.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Tel: (61 222-14-94. 99 955-92-02).
Hujjatlar 2026-yil 8-oktabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 9-oktabr kuni o‘tkaziladi.