29 Fevral 2024

Bahorni TelecomTV bilan kutib olamiz



UZTELECOM mamnuniyat bilan TelecomTVdan “All inclusive” aksiyasi boshlanganini e’lon qiladi – “All inclusive” to‘plamiga bir oy davomida BEPUL obuna.

TelecomTV ushbu bahor mavsumini yoqimli syurprizlar va sovg‘alar bilan boshlaydi! Faqat 2024-yilning 1-martidan 31-martigacha, eng go‘zal bayram Navro‘z arafasida “All inclusive” to‘plamiga ulanish bepul bo‘ladi. Bir oy davomida sevimli filmlar, seriallar, shou va telekanallarni mutlaqo bepul tomosha qilishingiz mumkin.

TelecomTV xizmatining barcha yangi foydalanuvchilari uchun 2024-yil 1-martdan 31-martgacha “All inclusive” paketiga ulanganda, ulangan kundan boshlab 30 kun davomida bepul foydalanish mumkin bo‘ladi. Misol uchun, agar Siz 15-mart kuni “All inclusive” to‘plamiga birinchi marta ro‘yxatdan o‘tsangiz, bepul obuna 2024-yil 15-aprelgacha mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, paketning narxi 30 kun uchun 39 000 so‘mni tashkil qiladi.

Mobil internet-trafik sarfini tejab, sevimli telekanallar, filmlar va seriallarni katta ekranda va mobil telefoningizda haqiqiy sifatni his eting.

Ilovani yuklab olishingiz va havola orqali obunani faollashtirishingiz mumkin.

Aksiya shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

TelecomTV ilovasi orqali obunani o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing