11 Avgust 2022

Biznesingiz uchun Internetni FOYDA bilan ulang!



Bugungi kunda telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanmay, faoliyat yurituvchi sohaning o‘zi yo‘q. Ammo biznes sohasidagi eng muhim vosita Internet bo‘lib, u biznesning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

UZTELECOM Kompaniyamiz tomonidan mana bir necha yildan beri Internet xizmatlarini ulashda yakuniy qurilmalar abonentlarga-jismoniy shaxslarga taqdim etib kelinmoqda. Ammo biz respublikada biznesning rivojlanishi qanchalik muhimligini tushunamiz, shu sababli yuridik shaxslar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratib "Biznes uchun qulay tarzda Internetga ulaning" maxsus aksiyasi boshlanganini e’lon qilamiz.

Hammasi juda oddiy va hamyonbop!

Aksiya UZTELECOM telekommunikatsiya xizmatlariga yangi ulangan, shuningdek ulanish texnologiyasini o‘zgartirgan abonentlar uchun amal qiladi. Abonentlarga qulay shartlarda Wi-Fi routerni qo‘lga kiritish imkoniyati beriladi!

Shartlar oddiy: abonent to‘lovi 300 000 so‘mdan boshlanuvchi tarif rejalariga ulaning va sizga 4 oy ichida kompaniyangiz mulkiga aylanadigan zamonaviy Wi-Fi router taqdim etiladi!

Zamonaviy biznesning barqarorligi uzluksiz va sifatli Internetga bog‘liq. Korxona-muassasangiz joylashgan joydan va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, UZTELECOM siz uchun eng yaxshi ulanish variantini tanlab beradi!

Shuni ta’kidlash joizki, siz routerni birinchi ulanishdayoq qo‘lga kiritasiz!

Ushbu internet xizmatiga ulanish uchun sotuv va xizmat ko'rsatish ofislariga murojaat etishingiz mumkin.

Aksiya shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, batafsil ma’lumotni 1155 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing