07 Noyabr 2020

Hurmatli abonentlar!

"O‘zbektelekom" AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarning olib borilishi munosabati bilan, 2020 yil 9 noyabrdan 23-noyabrga qadar eng kam yuklangan ish soatlarida (soat 00:00 dan 06:00 gacha) telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan ishlar olib boriladi.

Ushbu davrda Respublika bo'ylab quyidagi viloyat hududlarida qisqa muddatli aloqa uzilishlari kuzatilishi mumkin:
 

  • 9-13 noyabr kunlari Andijon, Buxoro, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida;
  • 14-19 noyabr kunlari Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida;
  • 21-23 noyabr kunlari Farg'ona, Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida.


Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing