10 Avgust 2022

Abonentlarni telekommunikatsiya xizmatlariga o‘z vaqtida ulash imkoniyatlari oshiriladi



Asosiy maqsadlar sari yo‘naltirilgan faoliyatlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tashkilotlarda malakali kadrlarga doimo ehtiyoj bo‘ladi. Biroq bugungi kunda ish izlayotgan tajribali mutaxassislarni topish ham oson emas. Shundan kelab chiqqan holda, “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallarida bu borada o‘ziga xos tajriba amaliyotga joriy etilgan.

Jumladan, tizimdagi filiallarda rejaga kiritilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, ya’ni abonentlarni o‘z vaqtida telekommunikatsiya xizmatlariga ulash jarayonida elektromontyorlar mehnatiga talab katta.

Shu bois, Kompaniya tomonidan 2021-yil 26-fevralda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi filiallarida elektromontyorlarni ishga qabul qilish tartibi” bo‘yicha ichki meyoriy hujjat ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra birinchi navbatda mazkur lavozimga talabgorlarning malakasi va ko‘nikmalarini aniqlash va ularni maxsus amaliy o‘quv kurslarida o‘qitish nazarda tutilgan.

Yaqinda “O‘zbektelekom” AK Samarqand filialida elektromontyorlik bo‘yicha  vakant ish o‘rniga talabgor fuqarolarni ishga qabul qilishda ularning bilim saviyasini oshirish hamda Kompaniyaning bu boradagi tegishli  buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘chma o‘quv kursi tashkil qilindi.

“Abonentlarni telekommunikatsiya xizmatlariga ulash” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kursida elektromontyorlikka talabgor fuqarolarga tajribali mutaxassislar tomonidan maxsus dars soatlari boshlab yuborildi.

Ta’kidlash kerakki, o‘quv kursi yakunida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida zarur bo‘lgan ballarni to‘play olgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar taqdim etiladi. Kerakli ballarni to‘play olmaganlar esa natijalarni aniqlab beruvchi test sinovlariga kiritilmaydi.

Ko‘chma o‘quv kursiga qabul qilingan hudud fuqarolari, ya’ni ish bilan ta’minlanuvchi texnik xodimlar Kompaniya hamda filial rahbariyatiga yaratilgan imkoniyat uchun minnatdorlik bildirishdi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing