27 Iyul 2022

Innovatsion axborot texnologiyalarning yaqin istiqbollari muhokama qilindi



“O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filialida “Innovatsion telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish muammolari va istiqbollari” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tkazilgan o‘quv seminarda Kompaniya tarkibidagi filiallar rahbar va muhandis-texnik xodimlari ishtirok etishdi.

Unda seminar qatnashchilari malakali mutaxassislarning “O‘zbekistonda innovatsion axborot texnologiyalarni joriy etish holati va istiqbollari”, “IT-Park tomonidan yoshlar va keng aholi o‘rtasida IT salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar” va “Kompaniyada innovatsion telekommunikatsiya texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish holati” kabi mavzularda ma’ruzalarini tinglashdi.

Qiziqarli va dolzarb muhokamalarga boy bo‘lgan o‘quv seminarda tinglangan har bir mavzu doirasidagi masalalar bo‘yicha atroflicha fikr yuritildi. Xususan, sohada innovatsion axborot texnologiyalarni joriy etishning istiqbollari haqidagi mulohazalar tadbir ishtirokchilarining diqqat-e’tiborini tortdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlar va keng aholi o‘rtasida IT salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha fikr va takliflar o‘rtaga tashlandi. Ahamiyatlisi, Kompaniyada innovatsion telekommunikatsiya texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish holati mutaxassislar hamda seminar qatnashchilari tomonidan ijobiy baholandi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar tinglangan mavzularga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing