28 Iyun 2020

O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi davrida Internet tezligi yana ko‘tarildi


 

2020 yil iyun oyining ikkinchi yarimi holatiga ko‘ra, “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisining “COVID-19” Internet global sur’atiga ta’siri”ga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda simli Internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil Internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

Jahon miqyosida “COVID-19” pandemiyasi sharoitida iyun holatiga ko‘ra Internet tezligi (Fixed Speed Change) 2 foizga, global mobil Internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo bo‘ylab 8 foizga ko‘tarilgan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda oxirgi bir yilda Internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Tahlillarga ko‘ra, Internet tezligi qariyb 2,3 barobarga  o‘sgan. 2019 yil mart  oyida 11,62 Mbit/s. bo‘lgan bo’lsa, 2020 yil 1-iyun holatiga ko‘ra, 26,77 Mbit/s. ni tashkil etdi. 2020 yil 15-iyun holatiga muvofiq esa O‘zbekistonda  Internet tezligi 27,59 Mbit/s. gacha ko‘tarildi. 

Manba

 

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing