01 Dekabr 2019

Parvoz qiling va aloqada qoling! Samolyot bortida rouming




UZMOBILE Milliy operatorining  mobil aloqa xizmati misli ko‘rilmagan cho‘qqiga ko‘tarilmoqda. Bu bo‘rttirish emas, albatta! 2019 yilning 2-dekabridan “O‘zbektelekom” AK “O'zMobayl” filiali “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ aviakompaniyasi samolyotlari bortida va boshqa aviakompaniyalar orqali GSM standartidagi ovozli, SMS va Internet xizmatlarini taqdim etishni boshlaydi.

Ushbu xizmatni o‘z abonentlariga taqdim etish uchun “O‘zbektelekom” AK va “AeroMobile.AS” (Xalqaro havo bo‘shlig‘i) o‘rtasida shartnoma tuzildi.

Parvoz paytida barcha voqealardan boxabar bo‘lib turish uchun ba’zi hollarda aloqada bo‘lish naqadar muhim hisoblanadi. Endi UZMOBILE milliy operatori bilan buning imkoni mavjud.  Har qanday abonent parvoz vaqtida qo‘ng‘iroq qilishi va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishi, shuningdek SMS yuborish, yoki Internet orqali messenjerlarda muloqot qilishi hamda elektron pochtadagi muhim xatlarni tekshirishi mumkin.

Milliy aviakompaniyaning dunyodagi eng ulkan va shinam samolyoti bortida xoh oddiy, xoh biznes klassida parvoz qilish va UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish – endi juda zavqli!
 

UZMOBILE – ishonchli aloqa mobil operatori!
 

Barcha shartlar mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing