19 Yanvar 2023

Sayohat ishqibozlari uchun 7 kunlik “Jazirama Birlashgan Arab Аmirliklari” rouming-paketi



UZTELECOM mobil aloqa abonentlari uchun BAAda foydalanishga moʻljallangan 7 kunlik yangi rouming paketlarni faollashtirishni taklif qiladi.

Qulay va foydali 7 kunlik “Jazirama Birlashgan Arab Аmirliklari” rouming paketi bilan odatdagi raqamingizni oʻzgartirmasdan aloqada qolishingiz mumkin.

Yangi 7 kunlik rouming paketiga BAA va O‘zbekiston bo‘ylab kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 50 daqiqa, shuningdek, 2000 MB mobil internet-trafik kiradi. Paket narxi 150 ming soʻm. Amal qilish muddati – faollashtirilgan kundan boshlab 7 kun.

Eslatib oʻtamiz, xalqaro rouming xizmatlarini O‘zbekistondan chiqib ketishdan oldin faollashtirish zarur. Xizmatlarni faollashtirish uchun *188# USSD-so'rovi yoki MyUZTELECOM ilovasidan foydalaning.

UZTELECOM bilan unutilmas BAAga sayohat qiliing va rouming xizmatidan foydalanib, doimiy aloqada qoling!

Batafsil shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

UZTELECOM - doimo yaqin boʻlgan operator.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing