22 Iyul 2019

UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalarida internet tezligi 10Mbit/s ga oshiriladi

Hurmatli abonentlar, sizlarga mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, «O‘zbektelekom» AK 2019 yil 24 iyuldan UNLIM seriyasining ayrim tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritmoqda.

 

UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalari abonentlari uchun internet tezligi 10 Mbit/s ga oshiriladi va bunda abonent to‘lovi avvalgi holatida o‘zgarishsiz qoldiriladi. 

 

Endilikda 20 Mbit/s tezlikdagi cheksiz Internet qiymati 149 000 so‘mni, 30 Mbit/s tezlikdagi tarif rejasi esa 199 000 so‘mni  tashkil etadi. 

 

2019 yilning 24-iyulidan UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha yangi tezlikni sezishlari mumkin bo‘ladi, sababi abonent to‘lovi o‘zgartirilmagan holda Internet tarmog‘iga ulanish tezligi 10 Mbit/s ga oshiriladi (ikki va bir yarim barobarga). Tarif rejalariga o‘tish shaxsiy kabinet yoki savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

Yangi abonentlar tarif rejasiga ulanishlari uchun savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat qilishlari yoki Kompaniyaning sayti orqali online tarzda ariza qoldirishlari mumkin.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing