15 Aprel 2020

Uyda qolib, uy telefonida suhbatlashamiz!


So‘nggi yillarda mobil aloqa keng ommalashib bormoqda, sababi mobil aloqa istalgan vaqtda istalgan joyda aloqada bo‘lish imkonini beradi. Ammo, koronavirus pandemiyasi sabab o‘zini yakkalash davrida deyarli hamma uyda o‘tiribdi. Shunday vaziyatda nima uchun uy telefonidan foydalanmaymiz? Axir simli aloqa orqali ovoz har doim sifatliroq, eng asosiysi, ancha arzon bo‘lgan-ku. Uy telefonidan foydalanuvchi abonentlarimizning aksariyat qismi, “O‘zbektelekom” AK 2019 yildan boshlab o‘z abonentlariga juda ham hamyonbop va qulay tarif rejalarni taklif etayotganidan bexabar bo‘lsalar kerak?!


O‘tkazgan so‘rovnomamiz natijalariga ko‘ra, abonentlar uy telefonida oyiga suhbat uchun 180 daqiqalik oylik abonent to‘lovi mavjud ekanligidan xabardor ekanlar.


Qolgan abonentlarning aksariyat qismi esa hattoki turli toifadagi abonentlar uchun mo‘ljallangan maxsus  tarif rejalar to‘plami mavjudligidan bexabar ekanlar.


Xususan, so‘rovnomamizda qatnashgan abonentlarning qolgan asosiy qismi uy telefoni uchun oyiga necha pul to‘lashlari haqida bilmasliklari ham ma’lum bo‘ldi. Bu haqda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.


Bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK aholiga uy telefonlari uchun limiti cheklanmagan tariflar rejalari seriyasini taklif etadi:

- “Optimal” – abonent to’lovi oyiga 10 000 so‘m bo‘lib, so‘zlashish uchun 800 daqiqa limit taqdim etiladi, O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi 12 so‘mni tashkil etadi;


- “Yagona tarmoq” - abonent to’lovi oyiga 15 000 so‘m bo‘lib, so‘zlashish uchun 800 daqiqa limit taqdim etiladi, O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi 12 so‘mni tashkil etadi. Ushbu tarif reja doirasida bir oyga O‘zbekiston bo‘ylab 800 daqiqa, shuningdek “O‘zbektelekom” AK tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun (“O‘zbektelekom” AKning statsionar telefon raqamlari hamda “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali GSM va CDMA standartidagi mobil raqamlar) cheklanmagan hajmda daqiqalar taqdim etiladi. Albatta, texnologik cheklovlar oyiga 45 000 daqiqani tashkil qiladi, ammo ushbu cheklovlardan oshib ketilgan hollarda chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarif bo‘yicha narxlanadi (daqiqa uchun 12 so‘m).


- “Limitsiz” - narxi oyiga 25 000 so‘mni tashkil etadi, daqiqalar limiti – cheksiz, barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul. Chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga esa oyiga 45 000 daqiqa texnologik cheklov mavjud. Ushbu cheklovlardan oshib ketilgan hollarda chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarif bo‘yicha narxlanadi (daqiqa uchun 12 so‘m).


Ko‘rib turganingizdek, o‘zini yakkalash davrida eng ma’qul va qulay tarif rejalar “Yagona tarmoq” va “Limitsiz” tarif rejalari bo‘lishi mumkin. Siz shunchaki, mobil aloqa uchun to‘layotgan narxlar bilan solishtirib ko‘ring. Vaholanki, uyda o‘tirar ekanmiz, nima uchun uy telefoni orqali cheksiz suhbatlashishimiz mumkin emas?!


Uy telefonlari uchun tarif rejalar haqida batafsil ma’lumotlar va shartlari haqida mazkur havola orqali bilib olish mumkin: https://uztelecom.uz/uz/jismoniy-shaxslarga/uy-telefoni/tariflar-7


“O‘zbektelekom” AK o‘z abonentlaridan karantin qoidalariga rioya etishni, o‘zlari, atrofdagilari haqida qayg‘urishlarini va uyda qolishlarini so‘rab qoladi. O‘z navbatida, biz siz aloqa xizmatlaridan to’laqonli foydalanishingiz uchun qayg‘uramiz!

 

UZTELECOM – Milliy operator!

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing