27 Iyun 2023

UZTELECOM 2023 yil MDH mamlakatlarining mintaqaviy operatori!



Berlinda (Germaniya) navbatdagi GCCM Europe 2023 konferensiyasi bo'lib o'tdi, unda 100 dan ortiq xalqaro telekommunikatsiya operatorlari ishtirok etdi, ular orasida Deutsche Telekom, China Mobile International, STC va Telecom Italia Sparkle kabi yirik jahon kompaniyalari ham bor edi.

Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu tadbir doirasida "O'zbektelekom" AK "2023 yil MDH mamlakatlarining mintaqaviy operatori" mukofotiga sazovor bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 2022-yilda ham  "O'zbektelekom" AK "MDH davlatlari orasida eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator" mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Ma'lumot uchun:

GCCM bu eksklyuziv global klub va telekommunikatsiya kompaniyalarining hamjamiyatidir. Operatorlar hamjamiyati ulgurji telekommunikatsiya provayderlari va telekommunikatsiya ekotizimi hamkorlari uchun global sanoat media, tarmoq va brending, shu jumladan statsionar aloqa, Data, xabar almashish, mobil aloqa, ma'lumotlar saqlash va qayta ishlash markazlari, VAS, MVNO, ISP, Telehouse, Cloud va boshqa tegishli tarmoqlar platformasini taqdim etadi.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing