22 December 2022

UZTELECOM bayramona 23 GB Internet-to‘plami aksiyasini taqdim etadi



UZTELECOM mobil abonentlariga 23 000 so‘mlik bayramona 23 GB Internet-to‘plamni taqdim etadi. Aksiya 2022-yil 23-dekabrdan 31-dekabrgacha amal qiladi.

Yangi yilga sanoqli kunlar qoldi va sevimli operator UZTELECOM o‘z abonentlari uchun yoqimli sovg‘alar – imtiyozli YANGI YIL GIGABAYTLARINI tayyorladi. 2022-yilning 23-dekabridan 31-dekabriga qadar 15 kun muddatga bor-yo‘g‘i 23 ming so‘mga 23 GB li bayram Internet-to‘plamini faollashtirishingiz mumkin. Bunda siz atigi 1000 so‘m evaziga 1 GB mobil trafikni qo‘lga kiritib mablag‘ingizni tejaysiz.

Aksiya jismoniy va yuridik shaxs abonentlari uchun amal qiladi.

Bayram Internet-paketini *500*1# USSD-so‘rovi orqali, 999009 raqamiga 23552 SMS yuborib, MyUZTELECOM mobil ilovasi, shuningdek sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida hamda Call-markaz orqali ulashingiz mumkin.

Yuridik shaxslar xizmat ko‘rsatishga sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida hamda Call-markaz orqali buyurtma berishadi. Mobil byudjet xizmati ulanganda, USSD-so‘rovi, SMS va mobil ilova orqali ulanish mumkin.

UZTELECOM – doimo sizga yaqin bo‘lgan operator.

Aksiya shartlari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.



Share news:

Read also