Savdo shоxobchasi ochish uchun belgilangan talab va majburiyatlar


 

«“O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filialining savdo nuqtalari bilan ishlash guruhi mas’ul xodimlarining kontakt raqamlari


 

  1. Savdo shоxobchasi qulay joylashgan, odamlar o‘ta olishi mumkin bo‘lgan va transport vositalarining to‘xtash imkoniyati mavjud hududda joylashgan bo‘lishi kerak.
  2. Savdo shoxobchasi boshqa binolardan alohida joylashgan va tashrif buyuruvchilar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan bino hududida joylashgan bo‘lishi kerak (boshqa xonalar orqali emas).
  3. Taklif etilayotgan Savdo shoxobchasi aholi qatnovi yuqori bo‘lgan hududda “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filialining mavjud “A-Toshkent”, “A-Region”, “B-Toshkent”, “B-Region” savdo shoxobchalaridan Toshkent shahrida kamida 250 metr oraliq masofada, boshqa viloyatlarda esa kamida 150 metr oraliq masofada bo‘lishi kerak.
  4. Savdo shoxobchasi soat 8:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan ish tartibini ta’minlashi va boshqa хonalar hamda o‘zi joylashgan binoning ish tartibiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
  5. Video yozuvlarning eng kam soni 90 kunni tashkil etuvchi videokuzatuv kameralari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Savdo shaxobchasini toifasiga ko`ra jihozlash bo`yicha belgilangan talablar:

Savdo shoxobchasi toifasi*
Savdo shaxobchasi toifasi
«A – Toshkent» , «A – Region»*
Savdo shaxobchasi toifasi
 «B – Toshkent» , «B – Region»*
Savdo shaxobchasi toifasi
«MBR – Toshkent» , «MBR – Region»* 

- Faqat “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali raqamlarini taqdim qiluvchi va xizmatlarini ko‘rsatuvchi Savdo shoxobchasi;

- Savdo shoxobchasining joylashgan joyi:

- “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali bilan kelishilgan holda;

- Toshkent shahri, Toshkent viloyatining shahar va tuman markazlari, viloyat markazlari, tuman markazlari va aholisi kamida 100 ming kishidan iborat bo‘lgan shaharlarda aholi qatnovi yuqori bo‘lgan  ko‘chalar va  boshqa aholi punktlari;

- Savdo shoxobchasining maydoni kamida 15 kvadrat metr, ofisning kengligi kamida 3 metr bo‘lib, sifatli ta’mirlangan bo‘lishi kerak;

- devor: oq akril bo‘yoq (hapyor va boshqalar mumkin emas);

- pol: oq yoki och kulrang plitka, plitka hajmi 30x30 dan kam bo‘lishi mumkin emas, bej yoki och rang laminat / tarket;

- shift: armstrong, gipsokarton (tekis, naqshsiz), plastik (oq);

- yoritilishi: har 5 kv.m. maydonga yoritish sektsiyasi yoki ofis plafonlari o‘rnatiladi;

- derazalar: vitrajli oynalar, fasad oynalar bilan kamida 80%ga qoplanilishi kerak;

- Savdo shoxobchasini jihozlash talablariga muvofiq: – Kompaniya ramzi tushurilgan yoritqichli peshlavha (yonib turuvchi korob), yonlama peshlavha (kronshteyn) - 1 dona, ma’lumot taxtasi - 1 dona, resepshn - abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun, “ish tartibi” va “ochiq/yopiq”  ikki tomonlama ko‘rsatkichli, raqamlar uchun stend - 2 dona. Reklama varaqalari uchun stend – buklet ushlagichi - 1 dona, A1 plakat uchun ramka, kamida 4 ta dona, ishonchnoma va sertifikati uchun A4 ramkalar kamida 3 ta, yumshoq mebel (divan) - 1 dona, kamida 1 dona vitrina , UZTELECOM ko‘rgazmali reklamasi bilan ekran o‘lchami kamida d-40 sm bo‘lgan LCD televizor.

- qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi: to‘lovlarni qabul qilish mashinalari, sertifikatlangan telefonlar va telefonlar uchun aksessuarlarni sotish;

- operatorlar soni – bitta yoki ikkita operator bo‘lishi kerak;

- operator formasi: och rangli ko‘ylak va beydjik;

- Orgtexnika mavjudligi: kompyuter, printer va billing tarmog‘iga ulanish uchun modem, Internet tarmog‘ining mavjudligi.

- faqat “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali raqamlarini taqdim qiluvchi va xizmatlarini ko‘rsatuvchi savdo shoxobchasi;

- Savdo shoxobchasining joylashgan joyi: shaharning markazi yoki aholi turar joylari, transport harakati yaxshi bo‘lgan tuman markazi;

- Savdo shoxobchasining maydoni kamida 8 kvadrat metr, ofisning kengligi kamida 2 metr bo‘lib, sifatli ta‘mirlangan bo‘lishi kerak;

- devor: oq akril bo‘yoq (hapyor va boshqalar mumkin emas);

- pol: oq yoki och kulrang plitka, plitka hajmi 30x30 dan kam bo‘lishi mumkin emas, bej yoki och rang laminat / tarket;

- shift: armstrong, gipsokarton (tekis, naqshsiz), plastik (oq);

- yoritish: yorqin yoritilgan;

- derazalar: vitrajli oynalar yoki akfa romlari, fasad oynalar bilan kamida 80%ga qoplanilishi kerak;

- Savdo shoxobchasini jihozlash: talablariga muvofiq – kompaniya ramzi tushurilgan yoritqichli peshlavha (yonib turuvchi korob), yonlama peshlavha (kronshteyn) - 1 dona, ma’lumot taxtasi - 1 dona, resepshn - abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun, “ish tartibi” va “ochiq/yopiq”  ikki tomonlama ko‘rsatkichli, raqamlar uchun stend - 2 dona. Reklama varaqalari uchun stend - buklet ushlagichi - 1 dona, A1 plakat uchun ramka kamida 4 ta, Ishonchnoma va A4 sertifikati uchun ramkalar kamida 3 ta, ofis stullari -2 ta, UZTELECOM ko‘rgazmali reklamasi bilan LCD televizor – xohishga qarab;

- qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi: to‘lovlarni qabul qilish mashinalari, sertifikatlangan telefonlar va telefonlar uchun aksessuarlarni sotish;

- operatorlar soni – bitta yoki undan ortiq operatorlar;

- operator formasi: och rangli ko‘ylak va beydjik;

- Orgtexnika mavjudligi: kompyuter, printer va billing tarmog‘iga ulanish uchun modem, Internet tarmog‘ining mavjudligi.

- boshqa mobil operatorlarning ham raqamlari va xizmatlarini taqdim qiluvchi Savdo shoxobchasi;

- Savdo shoxobchasining joylashgan joyi: shaharning markazi yoki aholi turar joylari, transport harakati yaxshi bo‘lgan tuman markazi;

- Savdo shoxobchasi joyi - abonentlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud, sifatli ta’mirga ega xona bo‘shi kerak;

- devorlar: toza, bo‘yalgan;

- pol: tekis, pol qoplamasi bilan qoplangan (plitkalar, lenolium, tarket, laminat va boshqalar);

- shift: armstrong, gipsokarton, plastik yoki tekkis toza bo‘yalgan shift;

- yoritish: yorqin;

- derazalar: vitrajli oynalar yoki akfa romlari, fasad oynalar bilan kamida 30%ga qoplanilishi kerak;

- Savdo shoxobchasini jihozlash: talablariga muvofiq - boshqa mobil operatorlar reklama jihozlariga mutanosib ravishda jihozlanadi, axborot taxtasi - 1 dona, abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun ofis stoli, “ish rejimi” va “ochiq/yopiq” ikki tomonlama ko‘rsatkichli - kamida 1tadan, reklama varaqalari uchun stend (buklet ushlagichi) - 1 dona, A1 plakati uchun ramka kamida 1 dona, ishonchnoma va sertifikat uchun A4 ramka kamida 2 dona, ofis stullari - kamida 1 dona.

- qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi: to‘lovlarni qabul qilish mashinalari, sertifikatlangan telefonlar va telefonlar uchun aksessuarlarni sotish;

- operatorlar soni – bir dona;

- operator formasi: toza va tartibli kiyingan va beydjik taqilgan holatda;

- Orgtexnika mavjudligi: kompyuter, printer va billing tarmog‘iga ulanish uchun modem, Internet tarmog‘ining mavjudligi.

 

Franshiza-distribyutor sifatida shartnoma tuzish uchun agentlar joriy talablarga qo‘shimcha ravishda quyidagi shartlarni bajarishlari talab etiladi:

 

- kamida 2 ta innovatsion uslubda jihozlangan flagman savdo va xizmat ko‘rsatish ofisini ochish va 24/7 ish vaqti rejimida ishlash;

 

- reteil xizmatlarini taqdim etish (smartfon, TV va boshqa gadjetlarni sotish);

 

- kamida 3 dan ortiq operatorning ishlashini ta’minlash;

 

- oyiga kamida 15 000 ta yangi abonentlar jalb qilish bo‘yicha biznes-rejani bajarish va daromad ko‘rsatkichlariga erishish;

 

- savdo nuqtalarga aylanib reklama mahsulotlarni tarqatish uchun brendlangan avtomobilga ega bo‘lish hamda chekka hududlarda sayyor ulanishlarni tashkil etish.

 

Ushbu turdagi franshiza-distribyuterlarga “O‘zbektelekom” AK barcha turdagi telekommunikatsiya xizmatlarini ulash va ularga xizmat ko‘rsatishni imkoniyati yaratiladi. Agentlar va franshiza-distribyutorlar soni chegaralanmagan.

 

“O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali tomonidan Savdo shoxobchasini ochish uchun ruxsat berilganidan so‘ng, savdo agenti Savdo shoxobchasi dizayni va jihozlarini qat’iy ravishda GUIDELINE qoidalariga, shuningdek, “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq amalga oshiradi.

 

Savdo agenti tomonidan reklamali bezash, ichki va tashqi jihozlash uchun sarflangan хarajatlar, “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali tomonidan qoplab berilmaydi!

 

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filialining savdo nuqtalari bilan ishlash guruhi mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

*Agentlik shartnomasini tuzishda Savdo shoxobchasini ochish, tashqi va ichki tamondan jihozlash bo‘yicha tamonlarning o‘zaro munosabatlari Agentlik shartnomasining “Tomonlarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi reglamenti”ga muvofiq amalga oshiriladi.

(Agentlik shartnomasining 2 - Ilovasi)