O'z server va tarmoq uskunalaringizni tok o'chmaydigan, iqlim nazorati va jismoniy himoyaga ega, kechayu-kunduz (24/7) kirish mumkin bo'lgan professional data-markazga joylashtiring.
Colocation — o'z uskunalarini to'liq nazorat qilmoqchi bo'lgan, lekin xususiy server xonasini qurish va unga xizmat ko'rsatishga ortiqcha pul sarflashni istamaydigan kompaniyalar uchun eng zo'r yechim.
Mijoz nima oladi:
Muhim infratuzilma uchun ishonchli maydoncha
Server va telekom-uskunalaringiz ishlash sharoitlari qat'iy nazorat qilinadigan va nosozliklardan himoyalangan professional muhitda ishlaydi
Kapital xarajatlarni qisqartirish
O'zingizning server xonangizni qurishingiz, sovitish tizimi, zaxira toki, qo'riqlash xizmati va joyni 24/7 saqlash uchun pul sarflashingiz shart emas
Nazorat va moslashuvchanlik
Siz o'z uskunangiz, arxitekturangiz va himoya tizimlaringizdan foydalanasiz. Infratuzilma sozlamalari to'liq sizning nazoratingizda bo'ladi
Kengayishga tayyorlik
Dastlab bitta uskunani (unit) yoki bitta stoykani (javonni) joylashtirishdan boshlab, biznesingiz yoki filiallar tarmog'i o'sishi bilan infratuzilmani bemalol kattalashtirib boraverasiz
1 Gbit/s, 100 Mbit/s, 1 IP, 8 kW 30 000 000 so'm / oyiga
1 Gbit/s, 100 Mbit/s, 1 IP, 10 kW 45 000 000 so'm / oyiga
Zone B 1 000 000 so'm / oyiga
100 000 so'm / 100 W
full-duplex 200 000 so'm / oyiga
full-duplex 550 000 so'm / oyiga