Mazkur hizmat orqali teleko'rsatuvlarda va radio eshittirishlarida ovoz berish uchun bir qancha «muhim» raqamlar belgilab olinadi. Mazkur «muhim» raqamga qo'yilayotgan savollar uchun aniq javob biriktiriladi, jarayonda tushgan qo'ng'iroqlarning soni qayd etib boriladi, shu o'rinda qayta qilingan qo'ng'iroqlar nazoratga ham olinadi. Undan tashqari, har bir raqamga qo'shimcha to'lov asosida reklama va tovushli matnlarni joylashtirish mumkin.
