Mobil Internet tarmogʻiga cheklovsiz kirish imkoniyati mavjud bo‘lgan Internet-servislar ro‘yxat | Narxi, so‘m | USSD -so‘rovlar faollashtirish | USSD -so‘rovlar deaktivatsiya | USSD -so‘rovlar holati | Amal qilish muddati, kun |
|---|---|---|---|---|---|
| Messenjerlar - WhatsApp, Telegram, Wechat, Viber | 17 000 | *133*1/2*1*1# | *133*1/2*1*2# | *133*1/2*1*3# | Har 30 kunda |
| Musiqa - Spotify, Apple Music, Яндекс Музыка | 7 000 | *133*1/2*2*1# | *133*1/2*2*2# | *133*1/2*2*3# | Har 30 kunda |
| Ijtimoiy tarmoqlar - Facebook, Instagram, Twitter, Linkedin, ВКонтакте. | 12 000 | *133*1/2*3*1# | *133*1/2*3*2# | *133*1/2*3*3# | Har 30 kunda |
| Video - YouTube, Skype, Zoom. | 17 000 | *133*1/2*4*1# | *133*1/2*4*2# | *133*1/2*4*3# | Har 30 kunda |
- Xizmat doirasida abonentlarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) maʼlum Internet-servislarga cheklovsiz trafik bilan mobil Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
- Xizmat quyidagi tarif rejalarida mavjud:
a) Jismoniy shaxslar uchun - “Barakali Plus 33/44/55/77/111”;
b) Yuridik shaxslar uchun - “Xizmat 1/2/3”, “Biznes class 25/33/45/60/100”. - Jismoniy shaxslar xizmatni “MyUZTELECOM” ilovasi orqali, “UZTELECOM” sotuv va xizmat koʻrsatish ofislarida, “Kontakt-markazi” filialida, “Shaxsiy kabinet” orqali yoki USSD-soʻrov orqali faollashtirishi yoki oʻchirishi mumkin. Yuridik shaxslar xizmatni “UZTELECOM” sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida yoki (“Mobil byudjet” xizmati ulangan boʻlsa) USSD-soʻrov orqali ulashlari mumkin.
- Ulanishdan soʻng xizmat 30 kun davomida faol boʻladi. Vaqt hisoblanishi xizmat faollashtirilgan paytdan boshlanadi. Agar ushbu davr tugagach, abonent hisobida xizmatni uzaytirish uchun yetarli miqdorda mablagʻlar boʻlmasa, servislarlarga kirish imkomiyati cheklanadi. Xizmat narxi har 31-kuni shaxsiy hisobda yetarli miqdorda mablagʻlar boʻlganda, yechib olinadi.
- Foydalanuvchilar cheksiz foydalanish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta Internet-servislarni ulashlari mumkin.
- Raqam yoki tarif rejasini o‘zgartirganda, tarif rejasida ushbu xizmatlarni faollashtirish imkoniyati mavjud bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarmaydi. Agar tarif rejasida biron bir xizmat tarifning bir qismi sifatida taqdim etilsa, shu kabi pullik xizmat o‘chirib qo‘yiladi.
- Proksi-serverlar, VPN, vositachi saytlar orqali yoki telefondan modem rejimida foydalanilganda xizmat resurslariga ulanishda trafik tarif rejasiga kiritilgan limitidan, Internet-paketdan sarflanadi yoki tarif rejasiga kiritilgan limitidan ortiq sarflangan MB narxida to‘lanadi.
- Xizmat ichidagi Internet-trafik rasmiy veb-saytlar va ilovalardan foydalanganda, shuningdek, ma’lum IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi qilinadi. Xizmatlar/ilovalar egalari tomonidan IP-manzillar o‘zgargan taqdirda, shuningdek, cheklovsiz servislar va ilovalar toifasiga kirmagan trafik uchun (ushbu toifaga smartfon operatsion tizimi orqali ilovalardan foydalanganda paydo bo‘ladigan trafik kiradi), trafik tarif rejasiga kiritilgan limitdan, Internet-paketdan sarflanadi yoki tarif rejasiga kiritilgan limitidan ortiq sarflangan MB narxida to‘lanadi.
- Operator ro'yxatdan o'tgan IP-manzillarning diapazonlari uchun maxsus trafik hajmini ta'minlaydi. Kompaniya resurs egalari tomonidan IP-manzillar diapazoni o‘zgarishi va tarif rejasiga yoki Internet-paketga kiritilgan MB limitining sarflanishiga javobgar bo‘lmaydi.
- Odatda, smartfonlada mobil trafik fon rejimida sarflanadi: tizimdagi yangilanishlar, ilovalar yangilanishi, vidjetlar (ob-havo, taqvim va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlari sinxronlashtirilishi uchun, shuningdek, tahlilchi-hisoblagichlar uchun (Google, google-analytics.com, googletagmanager com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu yo‘nalishlarga trafik tarif rejasiga kiritilgan limitidan, Internet-paketdan sarflanadi yoki tarif rejasiga kiritilgan limitidan ortiq sarflangan MB narxida to‘lanadi.
- Viber, Instagram, Facebook yoki VKontakte ilovalari orqali audio/videoqo‘ng‘iroqlaramalga oshirilganda, Internet-trafik tarif rejasi yoki Internet-paketlar bo‘yicha ajratilgan cheklovsiz foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan xizmatlar doirasida emas, balki tarif rejasida umumiy limit doirasida sarflanadi.
- Operator ajratilgan cheksiz foydalanish xizmatiga kiritilgan alohida xizmatlar ro‘yxatini qo‘shish, chiqarib tashlash yoki o'zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunday holda, abonentlar belgilangan tartibda Kompaniyaning rasmiy veb-saytida xizmat ko‘rsatish shartlariga bo‘ladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida oldindan xabardor qilinadi.
- Cheksiz foydalanish uchun ajratilgan xizmatlar ro‘yxatiga kiritilgan xizmat ilovalarini yuklab olish va o‘rnatishda Internet-trafik asosiy tarif rejasiga muvofiq sarflanadi.
- Agar xizmatni avtomatik ravishda faollashtirish uchun shaxsiy hisobda mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, to‘lov amalga oshirilgunga qadar xizmat o'chirib qo'yiladi. Xizmat narxini hisobdan yechish uchun hisobda yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lganda xizmat avtomatik ravishda faollashtiriladi. Bunda, xizmatning amal qilishi muddati, agar uning qiymati muvaffaqiyatli hisobdan yechilgan bo‘lsa, oxirgi faollashtirilgan paytdan (yangi davr) boshlanadi.
- Agar abonent qurilmasi avtomatik tarmoq rejimida: 2G/3G/4G yoki faqat 4G rejimida boʻlsa, qoʻshimcha xizmatlarni faollashtirishdan oldin qurilmani quyidagi tarmoq rejimlaridan biriga oʻtkazish kerak: 2G/3G/Faqat 2G/Faqat 3G. Qoʻshimcha xizmat muvaffaqiyatli faollashtirilgandan soʻng, abonent qurilmasidagi tarmoq rejimini abonentning xohishiga qarab oʻzgartirish mumkin.
- USSD-soʻrov orqali faollashtirilgandan soʻng, xizmatning muvaffaqiyatli ulanishini tekshirish uchun yana bir USSD-soʻrov yuborish kerak. Agar faollashtirish tasdiqlanmasa, Kompaniya da’volarni qabul qilmaydi va qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.