Xizmat haqida
Uztelecom Disk — bu Uztelecom tomonidan taqdim etilgan zamonaviy va xavfsiz bulutli xotira xizmatidir.
U orqali foydalanuvchilar o'z hujjatlari, fotosuratlari, videolari va boshqa fayllarini yuklash, saqlash va boshqarishlari mumkin.
Ushbu xizmat himoyalangan muhitda ishlaydi va har qanday qurilmadan internet orqali kirish imkonini beradi.
UZTELECOM Disk xizmatiga kirish MyUTC mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Ilova App Store va Google Play'da mavjud.
U-Disk xizmati shaxsiy foydalanuvchilar hamda korxonalar uchun mos bo'lib, moslashuvchan tariflar va yuqori xavfsizlikni ta'minlaydi.