×
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik berish to‘g‘risida
Ariza
Men “O‘zbektelekom” AKga shaxsiy ma’lumotlarimni qayta ishlashga rozilik beraman. Roziligim ma’lum bir shaxsga taalluqli yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi elektron, qog‘oz va (yoki) boshqa moddiy ma’lumotlar tashuvchisida qayd etilgan shaxsiy ma’lumotlarga tegishlidir.
Men, “O‘zbektelekom” AK bilan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-sonli Qonuniga muvofiq bajarilishi maqsadida, shaxsiy ma’lumotlarim qayta ishlanilishiga roziman.
“O‘zbektelekom” AK mening shaxsiy ma’lumotlarimni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq qayta ishlashga kafolatlashini menga ma’lum qildi. Ushbu rozilikning amal qilish muddati cheklanmagan. Mazkur roziligim mening yozma arizam bo‘yicha istalgan vaqtda qaytarib olinishi mumkin.
Men roziligimni berib, harakatlarimni o‘z xohishimga ko‘ra, majburlashsiz, o‘z manfaatlarimni ko‘zlab amalga oshirayotganimni tasdiqlayman ☑