Abonentning pul mablag‘larini zaxiralash faqatgina abonentning tegishli chegirmalari bo‘lmasa yoki yetarli bo‘lmagandagina amalga oshiriladi.
1. Abonentning Internet trafigini zaxiralash TAS-IX hisobidan amalga oshiriladi – tarifga muvofiq limitdan tashqari 5 Mb, lekin 900 so‘mdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
2. Internet - tarifga muvofiq limitdan tashqari 50 Mb, lekin 2800 so‘mdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
3. Ovoz bo‘yicha zaxiralash tarifga muvofiq 180 soniya hisobidan amalga oshiriladi.
4. Agarda abonentning hisobi ushbu zaxira uchun yetarli bo‘lmasa, hisobdagi mablag‘ning 1/ 3 qismi zaxira uchun sarflanadi.
5. Sarf etilishi bo‘yicha ushbu zaxira Sarf etilgan sifatida belgilanadi va yangisi zaxiralanadi.
6. Sarf etilgan hajm 50 Mb yoki 10 daqiqadan oshganda, ma’lumotlar bazasida hisob bilan sinxronlashtiriladi.
Yangilangan sana 11.06.2026
“Restart” xizmati tarif rejaga muvofiq taqdim etiladigan limitlarni qayta faollashtirishga (keyingi hisob-kitob davrini kutmagan holda) imkon beradi. Xizmatni faollashtirish “*555# USSD”-so‘rovi, MyUZTELECOM mobil ilovasi, UZTELECOM Bot, Call-markazi, shuningdek Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari orqali amalga oshiriladi. Ushbu xizmatdan qaysi tarif rejalarida foydalanish mumkinligi haqidagi batafsil ma’lumot “Tariflar” sahifasida joylashtirilgan.
Yangilangan sana 11.06.2026
“Foydali almashinuv” xizmati paketingizning foydalanilmagan daqiqalari va megabaytlarini ekvivalent nisbatda qo‘shimcha Internet-trafik va ovozli aloqaga almashtirish imkonini beradi. Batafsil maʼlumot
Yangilangan sana 11.06.2026
Shaxsiy raqamingiz haqida maʼlumotni MyUZTELECOM ilovasida, Kompaniyaning rasmiy veb-saytidagi Shaxsiy kabinet orqali mustaqil ravishda yoki shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yordamida Kompaniyaning sotuv va xizmat koʻrsatish ofislarida olishingiz mumkin.
Yangilangan sana 11.06.2026
Axborot-ko‘ngilochar xizmatlaridan foydalanish shartlari va qoidalari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “Axborot-ko‘ngilochar” bo‘limiga qarang. Agar siz barcha obunalarni bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, *199# USSD-so‘rovidan foydalaning.
Yangilangan sana 11.06.2026
Ha, mumkin.
Yangilangan sana 11.06.2026
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari haqida ma’lumot olish uchun quyidagi ma’lumotlar tarkib topgan bepul SMS xabarni yuborishingiz kerak: 8860 raqamiga «avtomobilning davlat raqami bo‘shliq tex.pasport seriya va raqami» (Misol uchun: 01R999XY AAC5447770).
Yangilangan sana 11.06.2026
Abonent to‘lovining hisob-kitob davri kalendar oyining 1-kuniga havolasiz 1 (bir) oyni tashkil etadi, bu abonentga xizmatlardan foydalanish huquqi berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Hisob-kitob sanasi abonentning hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovini olishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Masalan, agar abonent 10-sanada tarif rejasiga ulangan bo‘lsa, tarif bo‘yicha abonent to‘lovi uchun abonentning shaxsiy hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lgan taqdirda navbatdagi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 10-kunida yechib olinadi. Agar abonent 31-avgust kuni ulangan bo‘lsa, keyingi abonent to‘lovi 30-sentabrda yechib olinadi.
O‘zgaruvchan davrli tarif rejalari haqida batafsil ma’lumotni “Tariflar” sahifasidan olishingiz mumkin.
Yangilangan sana 11.06.2026
Oylik tarif rejasi uchun oylik to‘lov UShLAB QOLINMAYDI va kunlik limitni taqdim etish uchun "Kunlik to‘lov" xizmati yoqilmaguncha (cheklangan tarif rejalaridan tashqari) cheklovlar belgilanmaydi.
Yangilangan sana 11.06.2026
Raqamni boshqa abonentga qayta rasmiylashtirish uchun shartnoma egasi va qabul qiluvchi shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta va yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi) bilan UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilishi kerak. Bundan tashqari, abonentning barcha berilgan shaxsiy hisobvaraqlari bo‘yicha qarzlari bo‘lmasligi kerak. Agar qayta rasmiylashtiriladigan raqam pullik toifadagi raqam bo‘lsa, u holda xizmat narxiga va raqamning toifasiga qarab to‘lovni amalga oshirish kerak.
Yangilangan sana 11.06.2026
Avtomat raqamni aniqlash (ARA)ga qarshi xizmat narxi - 8400 so‘m, raqam doimiy ravishda yashirin bo‘ladi va bunday hollarda uni ochishning iloji bo‘lmaydi. Avtomat raqamni aniqlash (ARA)ga qarshi 1 xizmati - 8400 so‘m, raqam doimo yopiq, raqamni *31#99******* kodi yordamida ochish mumkin. Avtomat raqamni aniqlash (ARA)ga qarshi 2 xizmati - 8400 so‘m, raqam doimo ochiq, raqamni #31#99******* kodi yordamida yopish mumkin. Raqamni bir martalik yashirish xizmat haqqi 210 so‘m. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun xalqaro formatda ko‘rsatilgan raqamning oldiga "#" belgisini terib qo‘ng‘iroq qilish kerak: # 998XXXXXXXXX.
Yangilangan sana 11.06.2026
Jismoniy shaxs 5 tagacha raqamni ulashi mumkin.
Yangilangan sana 11.06.2026
Pasport ma’lumotlari o’zgarganda, ulanish joyidagi UZTELECOM sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga kelib, yangi pasport ma’lumotlarini taqdim etish kerak.
Yangilangan sana 11.06.2026
Shaxsiy kabinet orqali yoki UZTELECOM sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilish orqali.
Yangilangan sana 11.06.2026
Raqamlar birlamchi blok holatiga o’tgandan so’ng 60 kun davomida saqlanadi.
Yangilangan sana 11.06.2026
“SIM-kartani almashtirish” xizmatining narxi 12000 so’m.
Yangilangan sana 11.06.2026
Ulanish amalga oshirilgan UZTELECOM sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilish kerak.
Yangilangan sana 11.06.2026
Telefon raqamdan foydalanish huquqini boshqa odamga berganda, ya’ni raqamni boshqa odamga qayta rasmiylashtirganda, shartnoma egasi va qabul qiluvchi UZTELECOM sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishlari kerak. Bunda barcha hisob raqamlarda qarzdorlik bo’lmasligi kerak. Xizmat narxi – 12 000 so'm.
Yangilangan sana 11.06.2026
SIM-karta yoki mobil telefon yo‘qolgan taqdirda “raqamni saqlash” (muzlatish) xizmatidan foydalanish uchun Kompaniyaning Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilish, SIM-kartani qayta tiklash uchun esa raqam egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan UZTELECOM sotuv va xizmat koʻrsatish ofisiga murojaat qilishi lozim.
Yangilangan sana 11.06.2026
MChJ, XK, XF va boshqa xususiy korxonalardan (davlat ulushisiz) quyidagi hujjatlar kerak:
- 1. “O’zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali direktori () nomiga korxona blankida (barcha rekvizitli x/r, STIR va h.k.) xat. Korxona blanki bo’lmasa, unda korxona muhri bilan xat barcha rekvizitlar bilan.
Xat mazmuni: “Rahbariyat – “Korxona nomi” Sizdan tanlangan tarif rejalariga asosan (raqamlar soni)ta shartnoma tuzishga ruhsat berishingizni so’raymiz. - 2. “Guvohnoma” nusxasi korxona muhri bilan tasdiqlangan (muhr shart emas); Agar korxona faoliyati litsenziya talab qilsa, litsenziya nusxasi.
- 3. Korxona direktori pasporti nusxasi.
Davlat byudjetidan moliyalashtiriluvchi korxonalar ( maktab, institut, tadqiqot markazlari, kutubxonalar va h.k.)
- 1. O’zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali direktori () nomiga korxona blankida (barcha rekvizitli x/r, STIR va h.k.) xat. Korxona blanki bo’lmasa, unda korxona muhri bilan xat barcha rekvizitlar bilan. Agar tashkilotda to’lovlar g’aznachilikdan o’tsa g’aznachilikdagi hisob raqamini ko’rsatish kerak.
- 2. Tashkilot direktori pasporti, guvohnoma/litsenziya/qaror nusxasi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:
- 1. “O’zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali direktori () nomiga rasmiy blankda (barcha rekvizitli x/r, STIR va h.k.) xat. Rasmiy blank bo’lmasa, unda barcha rekvizitlar bilan YaTT shaxsan kelsa bo’ldi.
- 2. Tadbirkor muhri bilan tasdiqlangan patent nusxasi.
- 3. Tadbirkor pasporti.
Yangilangan sana 11.06.2026
CDMA qurilmalarida (modem, statsionar telefonlar) maxsus ilovani kompyuterga o’rnatgandan so’ng, quyidagi universal sozlamar kiritiladi
• Telefon: #777
• Foydalanuvchi
• Parol: password
Yangilangan sana 11.06.2026
691 xatolik bu CDMA qurilmalarida internet sozlamalarini noto’gri kiritganda yuzaga keladi. Masalan, profil nomi yoki parolni noto’g’ri kiritilganda.
Yangilangan sana 11.06.2026
Abonentning qoldiq limitlari miqdori umumiy hajmining 10% ni tashkil etganda, unga qoldiqlar bo’yicha SMS ma’lumotnoma yuboriladi.
Yangilangan sana 11.06.2026
Mavjud raqamlar haqidagi ma’lumotlarni olish uchun UZTELECOM sotuv va xizmat ko’rsatish ofislariga murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek batafsil ma'lumot bilan Kompaniyaning rasmiy sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Yangilangan sana 11.06.2026
18 yoshga to’lgan jismoniy shaxslar shartnoma rasmiylashtirishlari mumkin. Voyaga yetmagan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega jismoniy shaxslar qonuniy vakil (ota-ona, farzandlikka oluvchi va h.k) ishtiroki va yozma roziligi orqali mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun shartnoma tuzishlari mumkin.
Yangilangan sana 11.06.2026
Xizmat abonentga pullik toifadagi raqam uchun to‘lov muddatini uzaytirish imkonini beradi. Bunday holatda, birinchi to‘lov xizmatni ulash bilanoq amalga oshiriladi va keyingi to‘lovlar har bir kalendar oyning birinchi sanasida keyingi 10 oy davomida amalga oshiriladi.
Yangilangan sana 11.06.2026
Ushbu holatda, “Raqam ijarasi” hizmatidan foydalangan holda nomingizga o’sha raqamni qayta rasmiylashtirsangiz, barcha to’lovlarni yangidan amalga oshirishingiz kerak bo’ladi.
Yangilangan sana 11.06.2026
Ota-onangizga, turmush o’rtog’ingizga hamda 18 yoshga to’lgan farzandingizga rasmiylashtirib berishingiz mumkin.
Yangilangan sana 11.06.2026
SMS sozlamalar
- Android OS
Sozlamalar> Matnli xabar> Xizmat ko'rsatish markazi> +998991390102
- Iphone (IOS)
** 5005 * 7672 * + 998991390102 #
- Windows mobile
Boshlash> Sozlamalar> shaxsiy> telefon> xizmatlar> ovozli pochta> sozlamalarni olish> xabar markazi> +998991390102
- Nokia (Java) C40
Menyu> Xabarlar> Xabar sozlamalari> Xabar matni> xabarlar markazi> +998991390102
- Nokia (Symbian)
Menyu> Xususiyatlar> Sozlamalar> SMS xabari> Xabarlar markazi> +998991390102
- Windows 7
Menyu> Sozlamalar> Ilovalar> Xabar> SMS markazining raqami> +998991390102
- Blakberry OS
Menyu> Sozlamalar> Sozlamalar> SMS matni> Xizmat ko'rsatish markazi> +998991390102
Yangilangan sana 11.06.2026
Smartfon sozlamalariga kiring → qidiruvga VoLTE so‘zini kiriting → funksiyani yoqing.
Yoki quyidagi e’londagi ko‘rsatmalarga amal qiling
- Barcha tariflarga bepul va avtomatik ravishda ulanadi (M2M Basic bundan mustasno)
- Ishlashi uchun "4G tarmog‘iga kirish" va UZTELECOM LTE qamrov hududida bo‘lish kerak.
- Qo‘ng‘iroqlar odatdagidek tarif bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda internet-trafik sarflanmaydi.
- LTE hududidan chiqishda qo‘ng‘iroq 2G/3G tarmog‘ida davom etadi.
VoLTE - bu sifatli ovoz va tezkor aloqa!
Xizmat yoqilganligini tekshiring va qulaylikdan foydalaning!
USSD orqali xizmatni boshqarish:
Yoqish: *130*1*1#
O‘chirish: *130*1*0#
Yangilangan sana 11.06.2026
Bitta ovozli qo‘ng‘iroqning eng uzoq davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi
Yangilangan sana 11.06.2026