Tarif reja faqat Banklararo «UZCARD» to‘lov tizimiga ulangan obyektlar uchun taqdim etiladi. Agar abonent xizmatni hisobot oyi mobaynida faollashtirsa (to‘lov kiritilishi yo‘li bilan), abonent to‘lovi faollashtirilgan vaqtdan oyning qolgan kunlariga nisbatan hisobiga olinadi. Tarif rejasiga jismoniy, hamda yuridik shaxslar ulanishi mumkin.
Internet trafigini tariflash kvanti - 16 Kb.
"UzmobileM2Mbasic", "М2М basicforCorporate", "Uzmobile M2M", "Uzmobile M2M yil"va "HUMOGSM" tarif rejalaridan/ga o'tish imkoniyati mavjud.
Tarif rejasida barcha
Internet-to‘plamlarga (VPN-to‘plamlar guruhidan tashqari), daqiqalar to‘plami
va SMS-to‘plamlarga ulanish mumkin emas.
"Internet-trafik o‘tkazmasi" xizmati bo‘yicha Internet-trafikni o‘tkazish/qabul qilish mumkin emas.
Tarif rejasiga ulanishni "O'zMobayl" filialining savdo ofislarida, shu jumladan "O'zbektelekom" AK mintaqaviy savdo ofislarida (UZCARD GSM - yuridik shaxslar/jismoniy shaxslar uchun), shuningdek dilerlar (jismoniy shaxslar uchun UZCARD GSM) orqali amalga oshirish mumkin.
Tarif rejasiga/dan o'tish "O'zMobayl" filialining savdo ofislarida, shu jumladan "O'zbektelekom" AK mintaqaviy savdo ofislarida amalga oshiriladi.
Agar joriy oy mobaynida abonent (to‘lovni amalga oshirish yo‘li bilan) xizmatni faollashtirsa, faollashtirilgan sanadan oyning qolgan kunlariga qadar abonent to‘lovi hisobga olinadi.
Tarif rejasini o'zgartirish narxi - 4200 so'm.
Tarf rejasi "O'zMobayl" filialining GSM qamrov hududida amal qiladi.
Tarif rejasida resurslar (daqiqalar, SMS, MB trafigi) cheklangan. Resurs cheklovlari tugagandan soʻng, abonentning shaxsiy hisobidan pul mablagʻi (mavjud boʻlganda) ushbu tarif doirasida har bir resurs birligi uchun belgilangan limitdan oshib ketgan tarifikatsiyaga muvofiq yechib olinadi.