2025-yil 3-oktabrdan boshlab ushbu tarif reja shartlariga o'zgartirishlar kiritildi, batafsil ma'lumot bilan havola orqali tanishib olishingiz mumkin.
Izoh: Kiritilgan daqiqalar limiti, O'zbekiston bo'ylab qo'ng'iroqlar narxi faqatgina CSD-qo'ng'iroqlar uchun.
Internet-trafikning kvant tarifikatsiyasi – 16 Kb.
«M2M basic», «UZCARD GSM» va «HUMO GSM» dan/ga o‘tish mavjud.
«Uzmobile M2M yil» TRga ulanish jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.
TRga ulanish, boshqa tarif rejadan o‘tish UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida, shuningdek hamkorlik tarmog‘i savdo nuqtalarida mavjud.
TRga yangi ulanganda yoki o‘tganda ko‘zda tutilgan daqiqalar va Internet/VPN-trafik to‘plamlari ulangan kundan qat’iy nazar to‘liq hajmda taqdim etiladi.
Ushbu tarif rejadan istalgan boshqa TRga o‘tilganda yoki 12 oygacha abonent shartnomasi bekor qilinganda, yechib olingan AT qayta hisoblanmaydi yoki qaytarilmaydi, mazkur tarif rejasi shartlariga ko‘ra taqdim etilgan megabayt va daqiqalar bekor qilinadi.
Tarif rejada barcha Internet-to‘plamlar (VPN-to‘plamlar guruhidan tashqari), daqiqalar to‘plami va SMS-to‘plamlarga ulanish mumkin emas.
“Internet-trafik o‘tkazmasi” xizmati bo‘yicha Internet trafiklarni o‘tkazish/qabul qilish mumkin emas.
Joriy oy uchun taqdim etilgan daqiqalar va Internet-paket to‘plamlari keyingi oyga o‘tkazilmaydi.
CSD-qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda ma’lumot uzatishning yuqori tezligi - 9,6 Kbit/s.
Taqdim etilgan daqiqalar to‘plami (CSD-qo‘ng‘iroqlar uchun) kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar kabi sarflanadi.
CSD-qo‘ng‘iroqlar narxi limit tugab qolganda, efir vaqti tariflariga muvofiq belgilanadi.
TRga o‘tish narxi - 10 000 so‘m.
Tariflar Uzmobile GSM filiali tarmog‘ining qamrov zonasida amal qiladi.
Tarif rejasida resurslar (daqiqalar, SMS, MB trafigi) cheklangan. Resurs cheklovlari tugagandan soʻng, abonentning shaxsiy hisobidan pul mablagʻi (mavjud boʻlganda) ushbu tarif doirasida har bir resurs birligi uchun belgilangan limitdan oshib ketgan tarifikatsiyaga muvofiq yechib olinadi.