MyUztelecom ilovasidagi LiTRO xizmati orqali yo‘lda tezkor yordam olish, evakuator chaqirish, texnik maslahat olish, shuningdek, avtomobilni ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha turli xizmatlarga buyurtma berish mumkin.
Xizmatga buyurtma «Xizmatlar katalogi» bo‘limida beriladi. Buyurtma tafsilotlari aniqlashtirilgach, LiTRO to‘lov uchun hisob taqdim etadi. Uni MyUztelecom ilovasiga biriktirilgan bank kartasi orqali ilovaning o‘zida to‘lash mumkin.
LiTRO qanday holatlarda yordam beradi?
LiTRO orqali quyidagi xizmatlarga buyurtma berish mumkin:
- akkumulyator quvvati tugaganda dvigatelni ishga tushirish;
- evakuator chaqirish;
- g‘ildirakni almashtirish, damlash yoki ta’mirlash;
- shina teshigini maxsus jgut yordamida yamash;
- avtomobil botib yoki tiqilib qolganda yordam ko‘rsatish;
- yonilg‘i yetkazib berish;
- telefon orqali texnik maslahat olish;
- texnik maslahat berish uchun mutaxassisni joyiga chaqirish;
- avtomobil ehtiyot qismlari va sarf materiallarini almashtirish;
- tormoz tizimi, osma va rul boshqaruvi, elektr jihozlari hamda avtomobilning boshqa qismlarini ta’mirlash.
LiTRO yordami kecha-yu kunduz mavjud. Muayyan xizmatni ko‘rsatish imkoniyati shahar, avtomobilning joylashuvi hamda buyurtmani bajarish shartlariga bog‘liq.
Xizmatga qanday buyurtma beriladi?
- MyUztelecom ilovasini oching.
- «Katalog» bo‘limiga o‘ting va LiTRO xizmatini tanlang.
- Kerakli xizmatni tanlab, uning tavsifi bilan tanishing.
- Yordam kerak bo‘lgan shaharni, telefon raqamingizni va avtomobilning aniq joylashuvini ko‘rsating.
- «So‘rov yuborish» tugmasini bosing.
- LiTRO vakilidan xabar yoki qo‘ng‘iroq kelishini kuting. Mutaxassis buyurtma tafsilotlarini aniqlashtiradi.
- Tafsilotlar kelishilgach, ilovada to‘lov uchun hisob shakllantiriladi.
- Summani tekshiring va hisobni MyUztelecom ilovasiga biriktirilgan bank kartasi orqali to‘lang.
- To‘lov kelib tushgach, LiTRO hamkori xizmatni ko‘rsatishga kirishadi.
E’tibor bering: har bir xizmat uchun alohida buyurtma rasmiylashtiriladi.
Ommabop xizmatlar narxlari
Xizmat | Narxi |
|---|---|
Telefon orqali texnik maslahat | 60 000 so‘m |
Joyiga chiqib texnik maslahat berish | 100 000 so‘m |
G‘ildiraklarni damlash | 110 000 so‘m |
Shina teshigini maxsus jgut yordamida yamash | 110 000 so‘m |
Saqlagichni almashtirish | 110 000 so‘m |
Akkumulyator quvvati tugaganda dvigatelni ishga tushirish | 130 000 so‘m |
Yonilg‘i yetkazib berish | 130 000 so‘m |
Havo filtrini almashtirish | 130 000 so‘m |
G‘ildirakni almashtirish | 140 000 so‘m |
Tormoz kolodkalarini almashtirish | 150 000 so‘m |
G‘ildirakni ta’mirlash | 200 000 so‘m |
Avtomobil botib yoki tiqilib qolganda yordam ko‘rsatish | 350 000 so‘m |
Evakuator chaqirish | 350 000 so‘m |
Avtomobil konditsioneri freonini to‘ldirish | 400 000 so‘m |
Xizmatlarning to‘liq ro‘yxati va ularning narxlari LiTRO xizmatida taqdim etilgan. To‘lovni amalga oshirishdan oldin tanlangan xizmat nomi, uni ko‘rsatish shartlari va taqdim etilgan hisob summasini tekshiring.
Buyurtma berish uchun qanday ma’lumotlar kerak?
Buyurtmani yuborish uchun quyidagilarni ko‘rsatish lozim:
- yordam talab qilinadigan shahar;
- bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqami;
- avtomobilning aniq joylashuvi.
LiTRO vakili nosozlik turi, manzil va buyurtmani bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida sizga qo‘ng‘iroq qilishi yoki xabar yuborishi mumkin.
Xizmat haqini to‘lash uchun MyUztelecom ilovasiga bank kartasi ulangan bo‘lishi kerak.