UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘i abonentlari uchun “Oylik Internet paketning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish” xizmatini taqdim etish narxi va qoidalari
Xizmat nomi: “Oylik Internet paketning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish”
Xizmat narxi: 10 000 so‘m.
Xizmat raqami: *191#
Xizmat tasnifi:
“Oylik Internet paketning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish” (keyingi o‘rinlarda – Xizmat) xizmati UZTELECOM GSM tarmog‘ining abonentlari uchun taqdim etiladi. Mazkur xizmat orqali abonentlar oylik Internet paketining amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish imkoniyatini beradi.
Xizmatni faollashtirish: MyUTC mobil ilovasi orqali yoki USSD orqali *191*1/2*1*1#
Xizmatni bekor qilish: MyUTC mobil ilovasi orqali yoki USSD orqali *191*1/2*1*2#
“Oylik Internet paketning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish” xizmatidan foydalanish qoidalari:
- Mazkur xizmat har oyning xizmat faollashgan kunida tariflashni amalga oshiradi.
- Xizmat abonent tomonidan bekor qilinmaguniga qadar faol bo‘ladi va xizmat uchun tariflashni amalga oshiradi.
- Abonentda faol oylik Internet paketi mavjud bo‘lmasa, abonent ushbu xizmatni o‘chirishi lozim bo‘ladi.
- Oylik Internet paketi mavjud bo‘lmasa xizmat avtomatik o‘chirilmaydi.
- Abonentda oylik Internet paketi mavjud bo‘lmagan holatda ham xizmat uchun abonent toʻlovi yechilsa, abonentga 1GB Internet trafigi taqdim etiladi.
- Xizmat barcha oylik Internet paketlardan foydalanish ruxsat etilgan tarif rejalar uchun amal qiladi.
- Abonent hisobida mazkur xizmat abonent toʻlovi uchun yetarli mablagʻ mavjud boʻlmagan holatda xizmat taqdim etilmaydi hamda mavjud oylik Internet paket qoldiqlari uzaytirilmaydi.
- Mazkur xizmatdan foydalanish davrida abonent tomonidan qoʻshimcha oylik Internet paket xarid qilnganda, xarid qilingan Internet paketning faollashtirilgan sanasidan boshlab oylik Internet paket qoldiqlari 30 kunga uzaytiriladi. Ammo xizmatning abonent toʻlovi amalga oshirilish sanasida xizmat uchun tariflash amalga oshirilsa, oylik Internet paketining barcha qoldiqlari xizmat uchun tariflash amalga oshirilgan sanandan boshlab 30 kunga uzaytiriladi.