“Smart Services” xizmati foydalanuvchilarga turli yo‘nalishlardagi xizmatlarni yagona platforma orqali qulay, tezkor va ishonchli tarzda olish imkonini beruvchi servis hisoblanadi.

Mazkur servis doirasida xizmatlar hamkor tashkilot tomonidan taqdim etiladi.

Xizmatlar narxi va shartlari mazkur xizmatlar taqdim etuvchi tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Foydalanuvchi tomonidan MyUTC mobil ilovasi orqali xizmatga buyurtma berilgandan so‘ng, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha jarayonlar hamkor tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Xizmat ko‘rsatish shartlari, muddati va tartibi oldindan foydalanuvchiga ma’lum qilinadi.

“Smart Services” xizmati doirasida quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

  • Wi-Fi va tarmoq xizmatlari.
  • Kamera va xavfsizlik xizmatlari.
  • Aqlli uy (Smart Home) xizmatlari.
  • Elektrika xizmatlari.
  • Santexnika xizmatlari.
  • Ta’mirlash ishlari (malyar xizmatlari).
  • Maishiy texnika va boshqa xizmatlar.
  • Mebel yasash va ta’mirlash xizmatlari.
  • Tozalash xizmatlari.
  • Avtoyordam xizmatlari.
  • Tadbirlarni tashkil etish xizmatlari.
  • Hayvonlarni parvarishlash xizmatlari.
  • Bog‘dorchilik xizmatlari.

 

Mazkur xizmat foydalanuvchilarga keng turdagi xizmatlardan bitta platforma orqali foydalanish uchun imkonyatlar yaratish, xizmatlar sifatini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan.

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
Boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar