VoLTE (Voice over Long-Term Evolution) — bu LTE (4G) tarmoqlarida ovozni uzatish texnologiyasidir. U abonentlarga an’anaviy 2G yoki 3G tarmoqlari o‘rniga LTE keng polosali ulanish orqali ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi.

VoLTE xizmatining afzalliklari:
a) HD ovoz sifati: real vaqt rejimida yuqori sifatli ovozni ta’minlaydi;
b) Tez ulanish va uzilish: qo‘ng‘iroqlar tezroq o‘rnatiladi, bog‘lanish uzilishlari kamroq bo‘ladi;
c) Bir vaqtning o‘zida 4G mobil internet va ovozli qo‘ng‘iroqlarni ishlatish: endi qo‘ng‘iroqlar davomida mobil internetdan yuqori tezlakda foydalanish munkin.
VoLTE ovozli qo‘ng‘iroqlarni yuqori aniqlikda foydalanish orqali yanada qoniqarliroq tajriba yaratadi.
Qanday faollashtirish kerak: xizmat standart ravishda mavjud, har bir telefon uchun alohida VoLTE funksiyasini telefon sozlamalarida yoqish kerak.

Smartfoningiz uchun ko‘rsatmalar:*
a) Apple: Sozlamalar → Mobil aloqa → Ma'lumotlar parametrlarini → LTE-ni yoqarish → Ovozni va ma'lumotlarni tanlang.
b) HUAWEI: Sozlamalar → Mobil tarmoq → SIM karta parametrlarini → VoLTE-ni yoqarish.
c) Xiaomi: Sozlamalar → SIM kartalar va mobil tarmoqlar → SIM kartani tanlang → VoLTE-ni yoqarish.
d) Samsung: Sozlamalar → Ulanish → Mobil tarmoqlar → VoLTE-ni yoqarish.
e) realme: Sozlamalar → Mobil tarmoq → SIM Uztelecom → VoLTE-ni yoqarish.
f) Tecno: Sozlamalar → SIM karta va tarmoq sozlamalari → SIM Uztelecom → VoLTE-ni yoqarish.
g) HONOR: Sozlamalar → Mobil tarmoq → SIM karta parametrlarini → VoLTE-ni yoqarish.
h) Vivo: Sozlamalar → Tarmoq va internet → SIM karta va mobil tarmoq → SIM Uztelecom → VoLTE-ni yoqarish.
i) Itel: Sozlamalar → Tarmoq va internet → Mobil tarmoq → VoLTE-ni yoqarish.
j) Oppo: Sozlamalar → Tarmoq va internet → SIM karta va mobil tarmoq → SIM Uztelecom → VoLTE-ni yoqarish.
k) Infinix: Sozlamalar → SIM va mobil internet → SIM Uztelecom → VoLTE-ni yoqarish.
l) Nokia: Sozlamalar → Tarmoq va internet → Mobil tarmoq → VoLTE-ni yoqarish.


*Sozlamalar menyusidagi mavjudlik va tartib qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin.

Xizmatni USSD orqali boshqarish:
a) *130*1*1# - ulash;
b) *130*1*0# - oʻchirish.

Xizmat barcha tarif rejalari hamda barcha jismoniy va yuridik shaxslar abonentlari uchun mavjud (M2M Basic tarif rejasiga ulangan abonentlardan tashqari).
Xizmatni ulashning narxi: 0 so‘m.
Kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlari tarif rejasiga ko‘ra belgilangan qiymatga muvofiq xisoblanadi.
“VoLTE” xizmatini ulash uchun “4G tarmog‘I” xizmati mavjud bo‘lishi shart.
Agar abonent mobil raqamida blokirovka mavjud bo‘lsa, «VoLTE» xizmatidan foydalanish imkoni mavjud bo‘lmaydi.
“VoLTE” xizmatidan foydalanish uchun abonent Uztelecom LTE qamrov hududida bo‘lishi kerak.
“VoLTE” xizmati orqali ovozli qo‘ng‘iroqlar Uztelecom LTE tarmog‘ining barcha qamrov hududida mavjud.
“VoLTE” xizmati orqali amalga oshirilgan ovozli qo‘ng‘iroqlarda daqiqalar tarif rejasi shartlari va paketdagi daqiqalarga muvofiq sarflanadi yoki belgilangan limitlardan tashqari bo‘lgan qiymatga ko‘ra hisoblanadi.
“VoLTE” xizmati orqali ovozli qo‘ng‘iroqlarda tarif rejasi doirasidagi, paketdagi MB va internet-trafik miqdori sarflanmaydi.
Agar abonent qo‘ng‘iroq paytida Uztelecomning LTE qamrov hududidan chiqsa, qo‘ng‘iroq avtomatik ravishda 2G/3G tarmog‘iga o‘tadi va uzilmaydi.
“VoLTE” xizmati va “Konferensaloqa” xizmatlari bir-birini istisno qiladi. VoLTE xizmatini ulash «Konferensaloqa» xizmatining o‘chirilishiga olib keladi.

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
Boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar