VoWiFi yoki Voice over Wi-Fi, Internet orqali qo‘ng‘iroq qilish texnologiyasidir. Bu texnologiya qo‘ng‘iroqlar uchun Wi-Fi routerini baza stansiyasi sifatida ishlatadi va ovoz sifatini yaxshilaydi.
VoWiFi xizmatidan foydalanish shartlari: - Qurilma VoWiFi texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi va qurilma dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lishi kerak; - Abonent Wi-Fi tarmog‘i qamrov doirasida bo‘lishi kerak; - Abonent raqami faol holatda bo‘lishi kerak. - Wi-Fi zonasi tashqarisiga chiqqaningizda, siz avtomatik ravishda 2G, 3G yoki LTE mobil tarmog‘ida qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va qabul qilish imkoniga ega bo‘lasiz.
VoWiFi orqali amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar tarif rejangizdagi daqiqalar paketidan sarflanadi yoki ular tarif shartlari bo‘yicha, shu jumladan shahar telefon raqamlariga qo‘ng‘iroqlar sifatida, Ichki hududdan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar sifatida to‘lanadi. Ichki hudud – bu siz aloqa xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzgan O‘zbekiston Respublikasi hududi.
Faollashtirish tartibi: xizmat doim faol holatda bo‘ladi, biroq har bir telefon uchun alohida tarzda qurilma sozlamalaridan VoWiFi funksiyasini yoqib qo‘yish lozim.
Texnologiya ishlayotganini qanday tekshirish mumkin? Agar siz Wi-Fi tarmog‘iga ulanganingizda iOS qurilmangizda holat satrida “UzMobile – Wi-Fi” yozuvini yoki Android qurilmangizda Wi-Fi belgisi bilan telefon trubkasi ikonkasini ko‘rsangiz, demak siz VoWiFidan foydalanayapsiz.
Smartfoningiz uchun qo‘llanmadan* foydalaning: Apple: Sozlamalar → Uyali aloqa → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish HUAWEI: Sozlamalar → Mobil tarmoq → Mobil ma’lumotlar uzatish → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. Xiaomi: Sozlamalar → SIM-kartalar va mobil tarmoqlar → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. Samsung: Sozlamalar → Ulanish → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. realme: Sozlamalar → Mobil tarmoq → SIM Uztelecom → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. Tecno: Sozlamalar → SIM-karta va tarmoq sozlamalari → SIM Uztelecom → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. HONOR: Sozlamalar → Mobil tarmoq → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. Vivo: Sozlamalar → Tarmoq va Internet → SIM-karta va mobil tarmoq → SIM Uztelecom → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. Itel: Sozlamalar → Tarmoq va Internet → Mobil tarmoq → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. Oppo: Sozlamalar → Tarmoq va Internet → SIM-karta va mobil tarmoq → SIM Uztelecom → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. Infinix: Sozlamalar → SIM va mobil Internet → SIM Uztelecom → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. Nokia: Sozlamalar → Tarmoq va Internet → Mobil tarmoq → Wi-Fi qo‘ng‘iroqlari → Yoqish. * Menyudagi sozlamalarning mavjudligi va ketma-ketligi qurilma modeliga qarab farqlanishi mumkin
Xizmat barcha tarif rejalarida jismoniy va yuridik shaxs maqomiga ega barcha abonentlar uchun mavjud (M2M Basic tarif rejasiga ulangan abonentlar bundan mustasno).
Hurmatli abonentlar! Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan, boshqa mobil operatorlardan raqamni saqlagan holda ko‘chirilgan (MNP) abonent raqamlari uchun xizmatlarni ulash imkoniyati vaqtincha cheklangan. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Texnik ishlar yakunlangach, xizmatni ulash qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha xabar beramiz.
“VoWiFi” xizmatidan foydalanish uchun “4G tarmog‘I” va “VoLTE” xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.
“VoWiFi” xizmatidan foydalanish uchun abonent Internetga ulanish imkoniyati bo‘lgan Wi-Fi tarmog‘i qamrov doirasida bo‘lishi kerak.
“VoWiFi” xizmatidan foydalanish uchun abonent UZTELECOM GSM/UMTS/LTE/5G tarmoqlari qamrov doirasida bo‘lishi kerak.
Roumingda “VoWiFi” xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
“VoWiFi” xizmatidan foydalanish imkoniyati boshqa mobil operatorlardan o‘tgan raqamlar uchun mavjud emas.
“VoWiFi” xizmati O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha internet-provayderlar tarmoqlarida ishlaydi.
“VoLTE” va “Konferens-aloqa” xizmatlari bir-birini istisno qiladi. “VoLTE” xizmatini yoqish “Konferens-aloqa” xizmatini o‘chirishga olib keladi
“VoWiFi” xizmati orqali amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlarda daqiqalar tarif rejasi va daqiqalar paketi doirasida sarflanadi yoki limitdan tashqari belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanadi.
“VoWiFi” xizmati orqali SMS yuborilganda, SMSlar tarif rejasi va SMS paketi doirasida sarflanadi yoki limitdan tashqari belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanadi.
Tarif rejasi doirasidagi MB hajmi, MB paketi va Internet-trafik “VoWiFi” xizmati yordamida amalga oshirilgan ovozli qo‘ng‘iroqlar paytida sarflanmaydi.
“VoWiFi” xizmati orqali amalga oshirilgan ovozli qo‘ng‘iroqlar va SMSlar hisob detalizatsiyasida sarflangan daqiqalar va SMSlar sifatida aks ettiriladi.
“VoWiFi” xizmati orqali amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlarda texnik tarmoq trafigi (xizmatdan foydalanish paytida hosil bo‘ladigan) tariflanmaydi va abonent uchun hisob detalizatsiyasida aks ettirilmaydi.
Agar abonent suhbat paytida Wi-Fi qamrov zonasidan chiqsa, qo‘ng‘iroq uzilmasdan avtomatik ravishda 4G/VoLTE tarmog‘iga o‘tadi.