9 999 so‘m
Obuna narxi
- Obuna narxi QQS bilan 9999 so‘m. Pul mablag‘lari yechib olinishi mobil aloqa yoki simli Internet xizmatlarining shaxsiy hisobida yetarli miqdordagi mablag‘ mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
- Obunani faollashtirish va o‘chirishni MyUztelecom mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
- Obunaning amal qilish muddati obuna faollashtirilgan paytdan boshlab 30 kun tashkil etadi.
- Obuna avtomatik uzaytirish funksiyasiga ega. Avtomatik uzaytirish amaldagi Obunani keyingi davr uchun qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirmagan holda uzaytirish imkonini beradi.
- Abonentning shaxsiy hisobida yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan holda, Obuna muddatni ohirgi kunida o‘chiriladi.
- gar abonent Obuna o‘chirilgandan so‘ng hisob raqamini yetarli mablag‘ga 10 kun davomida to‘ldirsa, to‘lov avtomatik tarzda yechiladi va Obuna to‘lov yechilgan kundan boshlab 30 kunga faollashtiriladi.
- Agar abonent Obuna o‘chirilgandan so‘ng hisob raqamini yetarli mablag‘ga 10 kun davomida to‘ldirmasa, avtomatik uzaytirish funksiyasi o‘chiriladi va abonent MyUZTELECOM ilovasi orqali Obunani faollashtirishga shart bo‘ladi.
- “O‘zbektelekom” AK xizmatlari va Obuna uchun to‘lov yechish bir kunda bo‘lgan holda, “O‘zbektelekom” AK xizmatlari uchun to‘lov birinchi o‘rinda yechiladi.
- Abonent hech qanday ilova orqali Obunani faollashtirmagan holda abonentga 60 kunlik bepul sinov muddati taqdim etiladi.
- Obunani faollashtirish uchun yechilgan mablagʻlar qaytarilmaydi va/yoki qayta hisoblanmaydi.
- Obunadan foydalanish uchun ilgari o‘chirilgan “Mobil Internet” xizmatini faollashtirish kerak.
- Obunani barcha tarif rejalarida faollashtirish mumkin (M2M seriyali tarif rejalaridan tashqari).
- Yuridik shaxslar uchun obunani faollashtirish uchun “Mobil budjet” xizmatini yoqish zarur.
- Xizmat ishga tushirilganligi va uning shartlari to‘g‘risida xabardor qilish “O‘zbektelekom” AK tomonidan tegishli maʼlumotlarni Internet tarmog‘ida www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirish va boshqa aloqa vositalari orqali amalga oshiriladi. Аbonentlar yuqorida keltirilgan veb-sayt orqali kiritilgan o‘zgartirishlarni mustaqil ravishda tekshirib borishlari mumkin.