Qabul kunlari va vaqti Seshanba, 15-00 dan 17-00 gacha

Arifdjanov Akmal Zakirdjanovich

Boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari


1972-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

Ma’lumoti oliy: 1998-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini avtomatik elektraloqa muhandisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1989-yilda Toshkent traktor zavodi 26-mexanik yig‘ish sexi frezalovchisi, tokari lavozimidan boshlagan.


Mehnat faoliyati davomida:

  • 1993-1994 yy. - O‘zSSR Davlat geologiya qo‘mitasi “O‘zbekgidrogeologiya” ishlab chiqarish birlashmasi Muhandis-geologik ekspeditsiyasi xizmat ko‘rsatish personali ishchisi, elektrigi, Axborot markazi texnik-radisti, aloqa dispetcheri
  • 1994-1995 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati aloqa dispetcheri
  • 1995-1998 yy. - Mirzo Ulug‘bek telefon bog‘lamasi Texnik-nazorat guruhi elektromexanigi, 67/68-avtomatik telefon stansiyasi Liniya-kabel uchastkasi 1-toifali muhandisi
  • 1998-2002 yy. - “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” ochiq aksiyadorlik jamiyati Mirzo Ulug‘bek filiali 67/68-avtomatik telefon stansiyasi Liniya-kabel uchastkasi 1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi
  • 2002-2006 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali Mirzo Ulug‘bek telefon bog‘lamasi 67/68-avtomatik telefon stansiyasi Liniya-kabel uchastkasi yetakchi muhandisi
  • 2006-2008 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali Mirobod telefon bog‘lamasi bosh muhandisi
  • 2008-2010 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, texnik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
  • 2010-2017 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarni rivojlantirish departamenti boshlig‘i, Biznes va investitsiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish departamenti direktori, Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va investitsiya departamenti direktori, Telekommunikatsiya tarmoqlarini istiqbolli rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
  • 2017-2017 yy. – “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi Telekommunikatsiya infratuzilmasini va pochta aloqasini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot departamenti Telekommunikatsiya texnologiyalari va pochta aloqasi ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
  • 2017-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
  • 2020-2022 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
  • 2022-yilning aprel oyidan “O‘zbektelekom” AK Bosh direktorning istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari.
  • 2023-yilning mart oyidan “O‘zbektelekom” AK Boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.


Ko'rib chiqiladigan masalalar:

  • telekommunikatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni xalqaro, davlatlararo, hukumatlararo, shuningdek tarmoqlararo shartnomalar asosida amalga oshirishni boshqaradi;
  • kompaniya tarkibiy bo‘linmalari telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va investitsiyalash loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • kompaniyaning telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va investitsion loyihalarni tahlil qilish bo‘yicha tavsiyalar va dasturlarni ishlab chiqadi, shuningdek, ulardan samarali foydalanishni nazorat qiladi;
  • kompaniyaning telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni nazorat qiladi;
  • kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalarining yillik biznes-rejalari asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish ekspertizasi ishlariga qatnashadi;
  • telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish uchun Kompaniyaning Davlat dasturlari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi.