“O‘zbektelekom” AK faoliyatiga oid masalalar
muhokamasida jamoatchilik fikrini o‘rganish vositalari bo'yicha 2025-yil natijalari

 

“O‘zbektelekom” AK faoliyatini takomillashtirish, axborot ochiqligini ta’minlash hamda foydalanuvchilarning fikr va takliflarini o‘rganish maqsadida Kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali muntazam ravishda jamoatchilik so‘rovnomalari o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu so‘rovnomalar foydalanuvchilarning saytdan foydalanish darajasi, axborotga yetishish qulayligi va xizmatlar sifatini baholash imkonini beradi.

Rasmiy veb-sayt haqida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari

Sayt ko‘rinishi bo‘yicha baholash

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, foydalanuvchilarning katta qismi Kompaniya veb-sayti ko‘rinishini ijobiy baholagan. Xususan, ishtirokchilarning aksariyati sayt dizayni va interfeysini “yoqdi” deb baholagan. Shu bilan birga, ma’lum bir qism ishtirokchilar neytral fikr bildirgan. “Yoqmadi” degan javoblar esa nisbatan kam miqdorni tashkil etgan.

Bu holat sayt dizayni foydalanuvchilar tomonidan asosan ijobiy qabul qilinayotganini ko‘rsatadi.

Saytda ma’lumot izlash va topish qulayligi

Foydalanuvchilarning ko‘pchiligi veb-saytda kerakli ma’lumotlarni topish jarayonini “oddiy” yoki “o‘rta darajada qulay” deb baholagan. Biroq ayrim ishtirokchilar bu jarayonni qiyin deb hisoblagan.

Bu esa ayrim bo‘limlarda axborotni yanada tizimli joylashtirish va navigatsiyani soddalashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Saytni takomillashtirish bo‘yicha takliflar

So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning asosiy qismi saytdagi mavjud funksiyalardan mamnun ekanligini bildirib, qo‘shimcha funksiyalar kiritish shart emas deb hisoblagan. Shu bilan birga, muayyan foydalanuvchilar tomonidan ayrim qo‘shimcha taklif va fikrlar ham bildirgan.

Sahifalar yuklanish tezligi

Veb-sayt sahifalarining yuklanish tezligi ham foydalanuvchilar tomonidan asosan “tez” yoki “o‘rtacha” deb baholangan. “Sekin” deb baholagan ishtirokchilar soni nisbatan kam bo‘lib, bu sayt texnik ishlash ko‘rsatkichlari umumiy holda qoniqarli darajada ekanligini ko‘rsatadi.

Saytga tashrif chastotasi

So‘rovnoma natijalari foydalanuvchilarning saytga tashrif chastotasi turlicha ekanligini ko‘rsatdi. Ularning ma’lum qismi saytga har kuni yoki haftasiga bir necha marta tashrif buyurishini bildirgan. Shu bilan birga, ishtirokchilarning ma’lum qismi haftasiga bir marta kirishini qayd etgan. Ayrim ishtirokchilar esa hali veb-saytga tashrif buyurmaganini bildirgan.

Mobil versiyaning qulayligi

Saytning mobil versiyasi bo‘yicha berilgan baholarga ko‘ra, ishtirokchilarning aksariyati uni qulay deb baholagan. Bir qism foydalanuvchilar o‘rta deb hisoblagan bo‘lsa, noqulay deb baholaganlar soni nisbatan kam ekanligi qayd etildi.

Bu mobil versiyadan foydalanish imkoniyatlari umumiy holda qoniqarli darajada ekanligini ko‘rsatadi.

Xulosa

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari “O‘zbektelekom” AK rasmiy veb-sayti foydalanuvchilar tomonidan asosan ijobiy baholanaotganini ko‘rsatdi. Sayt dizayni, sahifalar yuklanish tezligi va mobil versiyaning ishlash darajasi foydalanuvchilarning aksariyatini qoniqtirmoqda. Shu bilan birga, ayrim ishtirokchilar tomonidan bildirgan fikr va takliflar asosida axborotni izlash jarayonini yanada soddalashtirish va ayrim texnik jihatlarni takomillashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.