Timur Mashrabjonovich Mamadjanov
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi


Matbuot kotibi – boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati rahbari hisoblanadi.
 

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati rahbari, Kompaniya boshqaruv raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–4366-son qarori talablariga muvofiq, Kompaniya foliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda soha yangiliklaridan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida OAVlar bilan hamkorlik aloqalarini yuritish, Kompaniyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirib borish ishlarini muvofiqlashtiradi.


Tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida amalga oshirilgan.

1982-yil 30-oktabrda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

Namangan davlat universiteti bakalavr bosqichini (2011-y.), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura bosqichini (2013-y.) tamomlagan.

T.Mamadjanov o‘z mehnat faoliyatini ommaviy axborot vositalarida 2009-yili boshlagan. Bu vaqt davomida “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya Pravda”, “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatida turli lavozimlarda ishlagan. 2021-yili ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharririning o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Elektron pochta:
t.mamadjanov@uztelecom.uz

Kompaniyaning Telegramdagi rasmiy kanali:
https://t.me/uztelecomuz

Matbuot xizmatining Telegram-kanali:
https://t.me/uztelecompress

Rasmiy sayt:
https://uztelecom.uz

Blog:
https://uztelecompress.uz

 

Matbuot xizmati va rasmiy veb-saytga axborotlarni joylashtirish va yangilash uchun javobgar xodim: 

Shokirjonov Azizjon Shuxratjon o‘g‘li

Aloqa ma’lumotlari:

Tel.: +998 71 100 00 37

Elektron pochta: a.shokirjonov@utc.uz