Qabul kunlari va vaqti Juma, 15-00 dan 17-00 gacha

Zufarov Alisher Abdudjaparovich

Bosh direktorning tijorat masalalari bo'yicha o'rinbosari

1980-yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek.


Ma’lumoti oliy: 2004-yilda Toshkent shahrida Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining (bakalavr) 2006-yilda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining (magistratura) “Xalqaro Munosabatlar” fakultetini tamomlagan. 
2017 yil Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining, “biznesni boshqarish magistri” (MBA). 


Mehnat faoliyatini 2004-yilda “Daewoo Unitel” kompaniyasida savdo boʻlimi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.


Mehnat faoliyati davomida:

  • 2005-yildan 2012-yilga qadar “Unitel” masʼuliyati cheklangan jamiyati mijozlar bilan ishlash guruhi mutaxassisi, mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markazi tezkor xizmat koʻrsatish boʻlimi mutaxassisi, mijozlarning shikoyat va takliflarini koʻrib chiqish guruhi rahbari, mijozlarga xizmat koʻrsatish va ko’rsatilayotgan xizmatlarni nazorat qilish bo’lim boshlig’i, Toshkent filialining sotuv va xizmat ko'rsatish bo’lim boshlig'i, Toshkent filiali ommaviy bozorni rivojlantirish boʻyicha tijorat direksiyasining savdo va xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi;
  • 2012-2015 yy. - “Oʻzbektelekom” AK Biznesni rivojlantirish, xizmatlar va mahsulotlarni sotish departamenti bosh mutaxassisi, direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi;
  • 2015-2017 yy. - Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi tinglovchisi;
  • 2017-2018 yy. - “Oʻzbektelekom” AK bozorlar konyunkturasini oʻrganish, brend-menejment, sotuv va tariflar boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, “OʻzMobayl” filiali “Uztelecom” savdo ofislari va dilerlari bilan ishlash xizmati hududlarda tijorat vakillarini nazorat qilish va rivojlantirish guruhi boshligʻi, ommaviy sotuvlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, sotuvlar va xizmat koʻrsatishni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi;
  • 2019-2020 yy.- “O‘zbektelekom” AK tijorat direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi;
  • 2020-yilning mart oyidan “O‘zbektelekom” AK Bosh direktorning tijorat masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.


Ko'rib chiqiladigan masalalar:

  • kompaniyaning maqsadlarini tuzish va marketing faoliyatini oshirish, shuningdek, nazorat qilinadigan yo‘nalishdagi strategik rejalashtirish yo‘nalishida shakllantirish jarayonida ishtirok etadi;
  • kompaniyaning xizmatlari uchun prognozlar loyihalarini, sotish rejalarini ishlab chiqish, Kompaniya xizmatlariga talabni o‘rganish va bozorlarni rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish, sotish rejalarini amalga oshirishni va barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etishni ta’minlaydi;
  • kompaniyaning marketing byudjetini rejalashtirish va shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
  • kompaniyaning yangi mahsulot va xizmatlarini rivojlantirishda ishtirok etadi, shuningdek, Kompaniyaning yangi mahsulotlari va xizmatlarini joriy etish va rag‘batlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
  • kompaniyaning tarif siyosatini ishlab chiqadi va taqdim etilgan xizmatlarni ta’riflash bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • marketing faoliyati rejasini amalga oshirishni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
  • kompaniyaning daromadlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
  • kompaniya mijozlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tashkil qiladi va nazorat qiladi, shuningdek ularning samaradorligini tahlil qiladi;
  • kompaniyaning abonentlari va mijozlari bilan o‘z vakolatlari doirasida aloqalarni tashkil qiladi.