19 Oktabr 2026

Kadrlar boʻyicha oliy toifali inspektor

“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali, Farg‘ona shahar,

Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish xizmati.

 

Lavozim majburiyatlari:

- Xodimlarga doir hujjatlarni yuritadi, shaxsiy tarkibga oid buyruqlarni hamda mehnat shartnomalarini amaldagi qonunchilik, me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarga muvofiq tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;

- Shaxsiy tarkibi hisobini yuritadi (T-2 kartochka, shaxsiy hujjatlar yig‘majildini shakllantiradi);

- Xodimlarning ish vaqti hisobini yuritilishini tashkil qiladi va nazoratini olib boradi;

- Rahbarlik lavozimlari uchun nomzodlarni tanlash asosida xodimlar zaxirasini shakllantirish, ular bilan ishlash, ularni rahbarlikka tayyorlab borish ishlarini tashkil qiladi;

- Kompaniyaning o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kalendar rejasini ishlab chiqish uchun Filial tarkibiy bo‘linmalaridan kerakli ma’lumotlarni yig‘adi, o‘quvlarni tashkil qiladi, monitoringini olib boradi;

- Tarkibiy bo‘linmalarda texnik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;

- Xizmat safarlariga oid buyruqlar va xizmat safari guvohnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlashga taqdim qiladi, xizmat safarlariga oid hisobotlarni yuritadi;

- Filial bo‘yicha harbiy xizmatga majbur xodimlarning shaxsiy varaqalarini shakllantiradi, hisobini yuritadi, tegishli yozuvlar va o‘zgarishlarni muntazam kiritib borad;

- Filialda xodimlarni tanlash jarayonlarini tashkil qiladi, tanlash jarayonini samaradorligini tahlil qiladi. Vakant lavozimlarga tanlangan nomzodlar bilan suhbat jarayonida bevosita ishtirok etadi. Rezyumelarni baholaydi, rasmiy asoslarda birlamchi skrining qiladi, yozma va og‘zaki muzokaralar olib boradi, nomzodlarni kasbiy va shaxsiy baholashni amalga oshiradi;

- Filialda ishga yangi qabul qilingan xodimlarga murabbiylarni biriktirish, murabbiy ishtirokida Shaxsiy rivojlanish dasturini tuzish, yangi xodimni zarur me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish hamda kelajakda uning karyerasini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni tashkil qiladi va monitoringini olib boradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.

- O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini mukammal bilish;

- prognozlar tuzish, xodimlarga bo‘lgan istiqbolli va joriy ehtiyojlarni aniqlash, xodimlarning kasbiy va malakaviy tuzilmasini tahlil qilish usullarini;

- kadrlar hisobini yuritishga oid yo‘riqnomalarni;

- mehnat madaniyati va korporativ etikani;

- malakali foydalanuvchi darajasida MS Office (Word, Excel, Power Point), “1S-Predpriyatie”, Yagona milliy mehnat tizimida, kadrlar milliy portali va kadrlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi bo‘yicha boshqa dasturlarda ishlashni bilishi kerak.

- Kamida 3 yil ish tajribasi;

- Jamoani boshqarish tajribasi.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.

Hujjatlar 2026 18-noyabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 19-noyabr kuni o‘tkaziladi.