04 Sentabr 2026

2-toifali mutaxassis (Namangan v.)

“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali Namangan viloyati

Agentlar bilan ishlash xizmati Agentlar bilan ishlash bo'yicha Namangan bo'limi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Hududida Agentlik tarmog‘ini rivojlantirishni amalga oshirish;

-  Savdo nuqtalari orqali sotuv va daromad rejalarining sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlash;

- Kompaniyaning billing tizimlarida va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa dasturiy vositalarda barcha kerakli ishlarni amalga oshirish;

- Shahar, tumanlarda agentlikning savdo nuqtalari faoliyati muvofiqlashtirish va kunlik nazoratni amalga oshirish;

- Agentlik shartnomasi hamda reklama dizayni talablariga rioya qilishlari va o‘z majburiyatlarini bajarishlari bo‘yicha agentlik savdo nuqtalarini kundalik monitoringini o‘tkazish;

Shahar, tumanlar kesimida:

- Savdo agentlik nuqtalari agentlik shartnomasi talablariga, muvofiqligini barcha mezonlar bo‘yicha maxsus dasturiga ma’lumotlarning kunlik kiritilishini ta’minlash;

- Monoberend toifadagi savdo nuqtalarini bir oyda ikki marotoba oʻrganishini taʼminlash;

- Savdo nuqtalarida agent va operatorlarning sertifikatlarning mavjudligini va ularning muddatlarni nazorat qilish;

- Yangi savdo nuqtalarini ochish yuzasidan talabgorlardan olingan arizalarini agentlik shartnomasi talablariga asosan ijrosini ta’minlash;

-  Talabgorlarning savdo nuqtalarini borib ko‘zdan kechirsh;

 -  Agentlik shartnomasida belgilangan ish rejimiga qat’iy amal qilinishini taʼminlaydi;

- Savdo nuqtalarida operatorlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash amaliyoti olib borish;

-  Savdo nuqtalar operatorlarini bilim darajasini har yarim yilda rejaga asosan tekshirish va baholanishini ta’minlash;

- savdo agentlari va operatorlariga Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, aksiyalar va tarif rejalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot va tavsiyalar berilishini ta’minlash;

- Savdo nuqtalari operatorlarning kiyinish, muomala madaniyatini nazorat qilish va rivojlantirish;

- Savdo nuqtalarida operatorlarning Billing tizimida ishlash tartibi va ko‘nikmalarini rivojlantirishni, agentlik shartnomasi talablariga asosan xizmat ko‘rsatishini ta’minlash;

-  Agentlik savdo nuqtalarini zarur POS-materiallar bilan ta’minlash;

- POS-materiallar qoldiqlarini nazorat qilish, qo‘shimcha POS-materiallarni olish uchun so‘rovnomani rasmiylashtirish;

- Savdo nuqtalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida savdo nuqtalari manzilliga SIM va ESIM kartalar hamda modem qurilmalarini yetkazib berish hamda zarur hujjatlarni belgilangan tartibga asosan rasmiylashtirish;

- Savdo nuqtasi operatorlari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasidagi firibgarlik 
(keyingi o‘rinlarda - FROD deb) hisoblanuvchi harakatlarni amalga oshirmasligini oldini olish bo‘yicha chora ko‘rish;

- Faol bo‘lmagan savdo nuqtalari bilan individual ravishda ish tashkil etish, faol holatga keltirilishini ta’minlash;

- Mobil savdo nuqtalari yangi ishga tushirilgan hamda yuklamasi kam bo‘lgan baza stansiyalariga yo‘naltirishni ta’minlash va kunlik foto hisobotlarni shakllantirish;

-  Aloqa qamrovi va Internet sifatida yuzaga kelgan muammolariga oid soʻrovlari bilan ishlash;

- Raqobatdosh kompaniyalarning savdo nuqtalari va agentlari roʻyxatini shakllantirish;

- Savdo nuqtalarida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha dalolatnomalarni rasmiylashtirish;

- Agentlar bilan hamkorlikda, potensial mijozlarni yashash hududlariga chiqan holda, maqsadli va faol sotuvlarni tashkil etilishini ta'minlash;

- Savdo agentlarining hujjatlarini yuritadi, savdo nuqtalarining ijara shartnomalari hamda agent va operatorlarining shaxsiy hujjatlarini amal qilish muddatlarini nazorat qilish;

- Savdo nuqtalarida kunlik tarmoqqa ulangan raqamlarni faol holatga keltirilishini ta’minlash va nazorat qilish;

 - Savdo nuqtalari joylashuvining namunaga muvofiq ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlash;

 - Savdo nuqtalarida yoritgichli peshlavhalarning tungi vaqtda ishlashi nazorat qilish;

 - Savdo nuqtalari operatorlari tuzilgan abonent shartnomalarni rasmiylashtirishi lozim bo‘lgan hujjatlarni tizimga joylashini ta’minlash va nazorat qilish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Oliy ma’lumot (texnik, muhandislik, iqtisodiy yoki boshqaruv yo‘nalishlarida);

- Sotuv, xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;

- Tashkiliy-boshqaruv faoliyati bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish.

-  Savdo va xizmat ko‘rsatish metodlari;

-  Menejment va marketing asoslarini;

-  Xizmatlarini taqdim etish tartibi va texnologiyasi;

- Telekommunikatsiya qurilmalariga doir bozor sharoitlarini;

- Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va muzokaralar olib borish qoidalarini;

- Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya va mehnat muhofazasi qoidalari;

- Tahliliy fikr yurita olishlik;

- Yuqori ishchanlik; tartiblilik;

- Uyushqoqlik (kirishimlilik)

- Iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlardan foydalanish ko‘nikmalari (Microsoft Office, Word, Excel, Power Point, elektron pochta va Internet) dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishlik;

- Ichki mehnat intizomi va xavfsizlik qoidalariqa rioya etish;

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.

Hujjatlar 2026-yil 3-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 5-oktabr kuni o‘tkaziladi.