Bosh mutaxassis (budjetni rejalashtirish)
“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahar
Budjetni rejalashtirish xizmati
Lavozim majburiyatlari:
– Filialni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda biznes-rejani shakllantirishni tashkil etishda ishtirok etadi.
– Rejalashtirilgan davrida biznes-rejani shakllantirish uchun dastlabki ma’lumotlarni to‘plashda ishtirok etadi.
– Budjetni rejalashtirish masalalari bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
– Tasdiqlangan budjet ko‘rsatkichlarining bajarilishi yuzasidan muntazam monitoring olib boradi;
– Rejalashtirilgan natijalardan har bir chetlanishni tahlil qiladi va chetlashlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan sabablarni aniqlaydi, ular boʻyicha tahliliy hisobot tuzadi.
– Buxgalteriya hisobi yordamida xarajat natijalarini nazorat qiladi.
– Debitor qarzdorlik holati to‘g‘risidagi moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qiladi.
– Pul mablag‘lari harakati hamda boshqa moliyaviy rejalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
– Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
– Ish haqi fondini va xarajatlar bo‘yicha chorak ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot to‘playdi. Biznes rejadagi ko‘rsatkichlarning oʻzgarishlarini nazorat va tahlil qiladi.
– Tarkibiy bo‘linmalardan va Buxgalteriya hisobi tizimi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi. Chorak va yillik statistik hisobotlarni shakllantiradi
– Filialda joriy etilayotgan yangi telekommunikatsiya xizmatlari tannarxini hisoblab chiqadi.
– O‘z faoliyatiga oid hujjatlarning belgilangan tartibda yuritilishi va saqlanishini ta’minlaydi;
– Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha:
– Ish joyini mehnatni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari, meʼyorlari, yoʻriqnomalari va koʻrsatmalari talablariga muvofiq saqlanishini tashkil qiladi;
– Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar oladi, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻquvdan va malaka oshirishdan oʻtadi;
– Odamlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiruvchi har qanday vaziyat toʻgʻrisida, shuningdek, ish jarayonida yoki u bilan bogʻliq holda sodir boʻlgan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini yoki oʻzining bevosita rahbarini darhol xabardor qiladi;
– Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xodimlarning bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalarini, tashkilot rahbarining buyruqlarini bajaradi va tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlarining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakili takliflarini inobatga oladi.
Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:
– Bosh mutaxassis lavozimiga oliy (iqtisodiy) ma’lumot va yetakchi iqtisodchi lavozimida kamida uch yillik ish stajiga ega mutaxassis tayinlanadi yoki istisno tariqasida tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchisi tayinlanadi.
– Korxona iqtisodiyotiga taalluqli normativ hujjatlarni, metodik materiallarni;
– Tarmoqning rivojlantirish istiqbollarini, korxonaning strategik va rivojlantirish istiqbollarini;
– Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini va istiqbolli rejalarini ishlab chiqishni tashkillashtirishni;
– Biznes-rejani ishlab chiqish tartibini;
– Filialning iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimini;
– Statistik hisobotlarni tashkillashtirishni;
– Filial va uning bo‘linmalari ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining ko‘rsatkichlarini iqtisodiy tahlil qilish usullarini;
– Yangi texnika va texnologiyani joriy qilishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullari, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni, boshqaruv va mehnatni tashkil etishni takomillashtirishni;
– Sifat sohasidagi siyosat va maqsadlarni;
– Shaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni bilish va ulardan toʻgʻri foydalanish;
– MS Office dаsturiy tа’minоti (Word, Excel, PowerPoint)da malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak;
– Baxtsiz hodisalar yuz berganda, jabrlanganlarga shifokordan oldingi birinchi yordam koʻrsatish qoidalarini bilish va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish.
– Rus va ingliz tillarini bilishi maqsadga muvofiq.
Ish sharoitlari:
– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.
- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ; 71 238-14-33.
Hujjatlar 2026-yil 3-oktabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 5-oktabr kuni o‘tkaziladi.