09 Iyun 2026

Bosh yuriskonsult.

“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahri

 

Lavozim majburiyatlari:

– Filialning ichki huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda o‘z xizmat vazifasi doirasida ishtirok etadi.

– Filial direktoriga taqdim etilayotgan nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, farmoyishlar va boshqa huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonuniyligini tekshiradi.

– Filial ma’sul xodimlari tomonidan huquqiy hujjatlarning kelishish tartibini nazorat qiladi.

– Filial javobgar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o‘zgartirishlar yuzasidan ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha huquqiy xulosa va takliflar beradi.

– Filial va uning tarkibiy bo‘linmalarida qonun buzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha takliflar beradi.

– Filial xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish haqida takliflar beradi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi.

– Filial rahbariyatini qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida ularning ma’nosini tushuntirish orqali tanishtiradi.

– Filial xodimlarining murojaatlari yuzasidan Filial faoliyatiga oid huquqiy hujjatlarni topishda amaliy yordam va kerakli ma’lumotlarni beradi.

– Filialning shartnomalar faoliyatini tahlil qiladi, shartnoma loyihalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi, shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish bo‘yicha takliflar beradi, Filial tarkibiy bo‘linmalarida shartnomalar ijrosini nazorat qiladi.

– Kontragentlardan kelib tushgan da’vo arizalarini hisobga olinishini, ko‘rib chiqishni, da’vo arizalariga javob tayyorlash, hamda ularga xulosa loyihalarini tayyorlashni tashkillashtiradi.

– Filialga yuborilgan da’vo arizalarini o‘rganadi, ularga taqdimnomalar tayyorlaydi va sud jarayonlarida ishtirok etadi.

– Filialning moddiy boyliklarini saqlanishini ta’minlash bo‘yicha hujjatlar (yo‘riqnoma, moddiy boyliklarga javobgarlik haqidagi shartnomalar, ularning hisoboti) yuzasidan hujjatlar tuzilishida ishtirok etadi.

– Filial xodimlarining ishdan bo‘shatilishi, boshqa ishga o‘tkazilishi va intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi qonuniyligini tekshiradi.

– Filialda qonunbuzarlik, mansab vakolatini suiste’mol qilinishi holatlari haqida kelib tushgan ariza va shikoyatlar bo‘yicha  o‘tkaziladigan ichki xizmat tekshiruvlarida ishtirok etadi.

– Filial va uning bo‘linmalari bilan hamkorlikda ekspertiza yoki kelishishlik uchun yuborilayotgan huquqiy hujjatlarni qonuniyligi, ularda korrupsiya alomatlari yo‘qligi bo‘yicha huquqiy ekspertiza o‘tkazadi.

– Filialda talon-tarojlik qilinishi holatlarini tahlil qiladi va bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘radi, huquq idoralariga hujjatlarni yuborish uchun tayyorlaydi.

– Filial bo‘linmalari ish faoliyatida korrupsiya holatlari sodir qilinishi xavfini oldini olish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar beradi.

– Filial tarkibiy bo‘linmalarini Kompaniyaning biznes-jarayonlariga kiritilgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Kompaniya siyosati va yondashishlari, korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish tartiblari haqida tushuntirishlar beradi.

– Kompaniya rahbariyati hamda Filial rahbarining ko‘rsatmalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vazifalarni bajaradi.

– Filial faoliyatida qonunbuzarchilik holatlarining oldini olish, qonunchilikka rioya etish intizomini mustahkamlash bo‘yicha qatnashadi va ishlar olib boradi.

– Kompaniya yuridik departamenti so‘rovi bo‘yicha ma’lumot va hisobot beradi.

Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:

– Oliy yuridik ma’lumotli va yuriskonsult lavozimida kamida ikki yillik ish stajiga ega mutaxassis tayinlanadi.

– Xo‘jalik subyektlarining moliyaviy, xo‘jalik va ishlab chiqarish tartiblarini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini;

– O‘zbekiston Respublikasining fuqаrolik, ma’muriy va jinoyat-protsessual kodekslarini;

– Da’vo arizalarini kiritish tartibi va huquqiy me’zonlarini;

– Xo‘jalik shartnomalari, jamoaviy shartnomalar va tarif kelishuvlarini tuzish hamda hujjatlashtirish tartibini;

– Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, huquqiy hujjatlarning aktual holatdagi tizimi, hisoblash va saqlash tartibini;

– Iqtisodiyot asoslarini, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish va boshqaruv qoidalarini va me’yorlarini;

– Ishdagi muomala madaniyatini;

– Mehnat qonunchiligi asoslarini;

– Korporativ boshqaruv qoidalarini;

– Davlat boshqaruv idoralari tuzilishini, sud va huquq idoralari hamda o‘z-o‘zini boshqarish mahalliy idoralari tuzilishini.

– Rus tilini bilishi maqsadga muvofiq.

 

Ish sharoitlari:

– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

– Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.

– Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

– Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

– Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

– Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ;  71 238-14-33.

Hujjatlar 2026-yil 8-iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 9-iyul kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 15-iyulgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 2-sentabrgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026 2-sentabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 3-sentabr kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 20-sentabrgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026 21-sentabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 21-sentabr kuni o‘tkaziladi.