Oliy toifali muhandis (Mobil xizmat sifati nazorati)
“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahri
Mobil tarmoq sifati va monitoring xizmati Mobil xizmat sifati nazorati sektori
Lavozim majburiyatlari:
– Mobil tarmog‘ining asosiy sifat ko‘rsatkichlarini (KPI) turli darajalarda monitoring qilish va tahlil qilish: umumiy tarmoq, hudud, klaster, baza stansiyasi, sektor va uyali aloqa yacheykasi darajasida; ko‘rsatkichlarning yomonlashish sabablarini aniqlash va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
– Radio tarmoq ishlash statistik ma’lumotlarini tahlil qilish, ulanish imkoniyati, ulanishni o‘rnatish va saqlab qolish, ovozli hamda paketli xizmatlar sifati bilan bog‘liq muammolarni aniqlash (Accessibility, Retainability, Mobility, Integrity).
– GSM/UMTS/LTE radio tarmog‘i parametrlarini tahlil qilish, jumladan qamrov parametrlarini baholash, yetarli bo‘lmagan qamrov hududlarini va radio xalaqit mavjud bo‘lgan zonalarni aniqlash.
– Tarmoq sifati yomonlashish sabablarini tahlil qilish: yacheykalarning ortiqcha yuklanishi, yuqori darajadagi interferensiya, qo‘shni obyektlar (Neighbor Relations) bilan bog‘liq muammolar, konfiguratsiya xatoliklari, apparat nosozliklari va radio tarmoq parametrlarining noto‘g‘ri sozlanishi holatlarini aniqlash.
– Mobil tarmoqdagi avariya holatlari va servislar degradatsiyasi bo‘yicha tahlillarni amalga oshirish, yuzaga kelgan nosozliklarning abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatiga ta’sirini aniqlash.
– Baza stansiyalari va radio tarmoq kontrollerlari (BSC/RNC/eNodeB) parametrlarining to‘g‘ri sozlanganligini nazorat qilish, konfiguratsiyalarni tahlil qilish va ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
– Monitoring va KPI tahlillari natijalari asosida mobil tarmoq sifatini oshirish bo‘yicha texnik hisobotlar, analitik materiallar va tavsiyalar tayyorlash.
– Mobil tarmoqni tahlil qilish jarayonida boshqaruv va monitoring tizimlari (iMaster, UME, NetEco, U2000 va boshqalar) bilan ishlash, tarmoq statistik ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish.
– GSM/UMTS/LTE radio tarmog‘ini kengaytirish, modernizatsiya qilish va optimallashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarda ishtirok etish.
– GBTS, NodeB, eNodeB baza stansiyalari va BSC/RNC radio tarmoq kontrollerlarining arxitekturasi, tuzilishi, ishlash prinsiplari va asosiy funksiyalarini aniq bilish.
– Ishlab chiqarish hujjatlarining mavjudligi, holati va saqlanishini nazorat qiladi, birlamchi hisob va hisobot ma’lumotlarining о‘z vaqtida va ishonchli bо‘lishini ta’minlaydi.
– Yangi ishga tushirilgan uskunalarni о‘zlashtiradi.
– Biriktirilgan uskunalarda texnik tekshiruvlar va parametrlarini о‘lchashni amalga oshiradi.
– Biriktirilgan uskunadagi nosozliklar va buzilishlarni bartaraf qiladi, ularning paydo bо‘lish sabablarini о‘rganadi.
– Ishchilar mehnatini tashkil qilishni takomillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, daromadlarni oshirish uchun xizmatlarni faollashtirish bо‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi.
– О‘zining kasbiy malakasini oshiradi, о‘qishlarda qatnashadi, xavfsizlik texnikasi, shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanish, baxtsiz hodisalar rо‘y berganda birinchi yordam kо‘rsatish qoidalari va amaliy kо‘nikmalarga doir yо‘l-yо‘riqlarda qatnashadi, fuqaro muhofazasiga tegishli tayyorgarliklardan о‘tadi va tadbirlarda qatnashadi.
– Texnologik va hisobot hujjatlarini yuritadi.
Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:
– Oliy texnik ma’lumot;
– O‘z mutaxassisligi bo‘yicha texnik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va nosozliklarni bartaraf etish qoidalari;
– Mobil aloqa tarmoqlari asoslari, GSM, UMTS, LTE texnologiyalarining arxitekturasi va tuzilishi;
– Radio tarmoqni boshqarish va monitoring tizimlari (iMaster RAN, UME, U2000, PRS va boshqalar) bilan ishlash asoslari, katta hajmdagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, vizualizatsiya qilish va tahlil qilish;
– Microsoft Office paketini yuqori professional darajada mukammal bilish: Excel dasturida ishonchli ishlash (jumladan, yig‘ma jadvallar, murakkab formulalar), Word dasturida tuzilgan texnik hisobotlarni tayyorlash, PowerPoint dasturida rahbariyat va texnik qo‘mitalar uchun sifatli taqdimotlar yaratish hamda Outlook dasturida elektron yozishmalarni samarali boshqarish;
– Xizmat ko‘rsatilayotgan uskunalarni texnik ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalar;
– Apparatura, uskunalar va aloqa vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayonlari, aloqa tarmoqlarini tashkil etish va qurish sxemalari;
– Biriktirilgan uskunalarni sozlash va uning parametrlarini o‘lchash usullari;
– Uskunalar va qurilmalarni hisobga olish, shuningdek texnik hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha asosiy qoidalar, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlar.
Ish sharoitlari:
– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.
- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ; 71 238-14-33.
Hujjatlar 2026-yil 7-avgustgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 10-avgust kuni o‘tkaziladi.
Tanlov muddati 2026-yil 2-sentabrgacha uzaytirildi.
Hujjatlar 2026 2-sentabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026 yil 3-sentabr kuni o‘tkaziladi.