10 Sentabr 2019

Diqqat! UZMOBILE CDMA-450 abonentlari uchun “Kuzgi taklif” aksiyasi

Ushbu kuz mavsumi o‘zi bilan qaynoq xabarlarni olib kelmoqda. 2019 yilning 10 sentabridan 10 oktabriga qadar “O‘zbektelekom” AK “UzMobile” filiali UZMOBILE CDMA-450 tarmog‘ining jismoniy shaxs abonentlari uchun “Kuzgi taklif” qiziqarli aksiyasini o‘tkazmoqda. Faqatgina “Ajoyib” tarif rejasiga ulanib, ikki oy va undan ko‘p muddatga teng abonent to‘lovini amalga oshirgan holda deyarli bepulga 99% chegirma asosida V-C2500 mobil telefonlarini xarid qilish mumkin. Hosilni yig‘ib olish vaqti keldi!
 

Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, 18 yoshga to‘lgan hamda UZMOBILE CDMA-450 tarmog‘i abonenti (jismoniy shaxs) bo‘lish istagidagi har bir kishi “Ajoyib” tarif rejasiga ulangan holda aksiya ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
 

“Kuzgi taklif” aksiyasida ishtirok etish uchun tanlangan tarif reja bo‘yicha quyidagi miqdorda to‘lovni amalga oshirish kifoya:

 

  • Ikki oy va undan ko‘p muddatga teng abonent to‘lovi (pulli toifadagi raqamlar uchun to‘lovdan tashqari), CDMA-450 standart mobil telefonini (V-C2500 rusumidagi) o‘z qiymatidan 99%ga chegirma bilan xarid qilish

 

“Kuzgi taklif” aksiyasining shartlari haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing