UZTELECOMdan maxsus taklif: 5G - smartfon va 1 TB internet — juda qulay narxda!

UZTELECOM zamonaviy raqamli xizmatlarni rivojlantirish va beshinchi avlod mobil texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda.
Yangi maxsus taklif doirasida abonentlar 1 499 000 so‘m evaziga zamonaviy Infinix HOT 50 5G smartfonini xarid qilib, katta hajmdagi internet va raqamli xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lishlari mumkin.
Taklif shartlari:
Smartfon xarid qilinib, “Smartphone” tarif rejasi ulanishi bilan abonentlarga quyidagilar taqdim etiladi:
Har oy 100 GB internet-trafik
UZTELECOM tarmog‘ida cheksiz qo‘ng‘iroqlar
Boshqa tarmoqlarga 500 daqiqa qo‘ng‘iroq
500 ta SMS
1 TB bonus internet-paketi — 12 oy davomida (har oy 86 GB dan teng ravishda taqdim etiladi)
3 oy davomida mashhur onlayn kinoteatrlardan bepul foydalanish: Wink, Megogo, Milliy, Plan B, START, 150 dan ortiq telekanal va minglab film hamda seriallar
Smartfon texnik xususiyatlari:
Infinix HOT 50 5G — 6.7 dyuymli katta ekran, 120 Gts ekran yangilanish tezligi, 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, sun’iy intellekt asosidagi kamera va zamonaviy protsessor bilan jihozlangan. Ushbu qurilma yangi avlod tarmoqlarida barqaror va qulay ishlash uchun mo‘ljallangan va kundalik faol foydalanish uchun ideal tanlovdir.
Nima uchun bu foydali:
Smartfon, tarif va bonuslar bir vaqtning o‘zida rasmiylashtiriladi
Ish, aloqa va ko‘ngilochar kontent uchun yetarli internet trafik
5G texnologiyalaridan qulay narxda foydalanish imkoniyati
3 oy davomida bepul raqamli xizmatlar
UZTELECOMdan tezkor internet, keng qamrov va yuqori sifatli aloqa
Maxsus taklif UZTELECOMning yangi abonentlari uchun “Smartphone” tarif rejasi ulashda amal qiladi. Smartfonlar soni cheklangan.
Smartfon xarid qilish va taklifga ulanish manzillari:
Toshkent: Bunyodkor ko‘chasi, 8; Chilonzor C kvartal 8A uy; Yangi Shahar ko‘chasi, 15
Samarqand: Pochtovaya ko‘chasi, 9; Gagarin ko‘chasi, 62
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1099 raqamiga murojaat qiling.
UZTELECOM — doimo Sizga yaqin bo‘lgan operator!