Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

Uztelecom qator tarif rejalarini yangilamoqda: ko‘proq internet - trafik, yangi raqamli servislar va yanada keng imkoniyatlar

Hurmatli abonentlar!

 

Uztelecom mobil aloqa va raqamli servislarni izchil rivojlantirib bormoqda. Maqsadimiz — tarif rejalarini abonentlarning bugungi ehtiyojlariga moslashtirish hamda muloqot, ish, ta’lim va hordiq uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etishdir.

 

2026-yil 7-iyuldan boshlab mobil aloqa xizmati tarif rejalari yangilanadi. Internet-trafik hajmi oshirilishi, tariflar tarkibi yangi raqamli servislar bilan boyitilishi bilan bir qatorda, tarif parametrlariga, jumladan abonent to‘lovi miqdoriga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.

 

Yangilanishlar doirasida abonentlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

 

  • mobil internet-trafik hajmining oshirilishi;
  • tarif tarkibiga yangi raqamli servislar va qo‘shimcha imkoniyatlarning qo‘shilishi;
  • mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish uchun yanada zamonaviy va dolzarb shartlar.

 

Mazkur yangilanishlar tarif rejalarini yanada mazmunli va bugungi foydalanuvchilar ehtiyojlariga mos holga keltirish, shuningdek telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

Biz har bir tarif nafaqat ishonchli aloqani, balki kundalik hayotda yanada ko‘proq foyda keltiradigan zamonaviy raqamli imkoniyatlarni ham taqdim etishiga intilamiz.

 

Yangilangan tarif parametrlarining batafsil tavsifi, internet-trafik hajmlari, raqamli servislar, abonent to‘lovi miqdori va boshqa ma’lumotlar ilova qilingan PDF-hujjatda keltirilgan.

Yangilik bilan ulashish