“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlarining telekommunikatsiya xizmatlariga oid murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda hal etish maqsadida Navoiy viloyatining Uchquduq tumani “Do‘stlik” MFY hududida sayyor qabul o‘tkazildi.
Bugungi kunda har bir soha faoliyati taraqqiyotini salohiyatli mutaxassislar va iqtidorli yosh xodimlar belgilab beradi. O‘z o‘rnida, soha tizimida bunday kadrlarni kashf etish va ularni munosib rag‘batlantirib borishda tizimga oid tanlovlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda mijozlar ehtiyojlariga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish hamda har bir murojaatga individual yondashish xizmat ko‘rsatish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, xodimlarning mijozlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK G‘arbiy filiali xodimlari uchun “TMS Hub” filiali tomonidan tashkillashtirilgan “Mijozga yo‘naltirilganlik: biznesga mijoz ko‘zi bilan qarash” mavzusida ko‘chma seminar-treningga start berildi.
Avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlovchi omillardan biri ustoz-shogirdlik an’anasidir. Ustozlarga ko‘rsatilgan hurmat va ularning boy mehnat tajribasini yosh avlod bilan baham ko‘rishi bu bog‘liqlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Joriy yilning 22–25 sentyabr kunlari sohaning eng yirik tadbirlaridan biri — ICT Week Uzbekistan 2026 boʻlib oʻtdi.
Uztelecom O'zbekiston mobil aloqa infratuzilmasini rivojlantirishning navbatdagi bosqichini amalga oshirdi. 2026-yil iyun oyidan sentabr boshigacha mobil tarmoqning 323 ta obyektida ishlar bajarildi: ishlab turgan 258 ta tayanch stansiya modernizatsiya qilindi, yana 65 ta yangi stansiya qurilib, ishga tushirildi.
“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan mutaxassislarning zamonaviy tarmoq texnologiyalari va abonent qurilmalari bilan ishlash borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Keng polosali tarmoq abonent qurilmalarini o‘rnatish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish” mavzusida tashkil qilingan o‘quv kursi yakunlandi.
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Uztelecom ikkita yangi data-markazni foydalanishga topshirdi, zamonaviy raqamli va infratuzilmaviy yechimlarni namoyish etdi hamda hamkorlik bo‘yicha 21 ta kelishuv imzoladi. 22–25-sentabr kunlari davom etgan tadbirda kompaniya biznes va kundalik hayot uchun mo‘ljallangan — bulutli infratuzilma va sun’iy intellektdan tortib, sun’iy yo‘ldosh aloqasi hamda zamonaviy shahar servislarigacha bo‘lgan texnologiyalarni taqdim etdi.